Xayirli tong, Guest!
Soat: 10:49
telegram
Buxoro hokimligi tomonidan kechqurun 22:00 da o'tkazilgan videoselektor borasida ma'lum berildi

 22 APREL, 10:35 129

.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan 2021 yil 21 aprel kuni soat 22:00 da qishloq xo'jaligi masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazilayotganligi yuzasidan maqola e'lon qilindi. 

Mazkur xabar bo'yicha Buxoro viloyati Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan xodimlar ishdan tashqari ish vaqtida majlisga jalb qilinayotganligi haqida Buxoro viloyati hokimiyatining mutassaddilari bilan holat yuzasidan bog'lanildi hamda mazkur yig'ilishning mehnat qonunchiligiga zid ravishda tashkillashtirilganligi haqida ogohlantirildi. 

Natijada, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan yig'ilish o'tkazilishi bo'yicha tushunmovchilik yuzaga kelganligi va holat bartaraf etilishi to'g'risida ma'lum qilindi.  

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligida monitoring o'tkazilganda, yig'ilish o'tkazilmayotganligi aniqlandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!