Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:52
telegram
Navoiyda qonunga bo'ysunmagan o'qituvchi yana sudning qora kursisiga o'tirdi

 22 APREL, 10:00 88

.

Har qanday davlatning obro'-e'tibori va nufuzi shu mamlakatning inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari qay darajada ta'minlangani bilan baholanadi ammo shunday insonlar borki berilgan imkoniyatlardan to'la, oqilona foydalanmasdan qonunga amal qilmaydi.

Navoiy viloyat IIB Probatsiya bo'limi boshlig'i jinoyat ishlari bo'yicha Konimex tuman sudiga taqdimnoma bilan murojaat qilib, unda mahkum D.A jinoyat ishlari bo'yicha Konimex tuman sudining 18.11.2018 yildagi hukmiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan aybli deb topilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi, sudning hukmi 03.12.2018 yilda Konimex tuman IIO Probatsiya guruhiga kelib tushganligi va ro'yxatga olinganligi, mahkum D.A tuman IIBga taklif qilinib, unga jazoni o'tash tartib qoidalari, nazorat talablari va u tomonidan kelgusida jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etmasligi tushuntirilib, tilxat, tushuntirish xatlari olinganligi, u bilan profilaktik suhbat olib borilganligi, mahkum D.A Konimex tumanidagi 3-sonli o'rta maktabda ishlab, jazo muddatini o'tay boshlaganligi, mahkum 04.09.2019 yilda o'zining arizasiga asosan ushbu maktabdan ishdan ozod qilinganligi shundan keyin mahkum D.Ani ishga joylashtirish bo'yicha tuman bandlikka ko'maklashish markaziga 3-4 marotaba yo'llanma berilganligi, lekin mahkum D.A ishga joylashmasdan, sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o'tamasdan kelganligi, undan ishga kirish va jazoni o'tash bo'yicha tushuntirish xatlari va tilxatlar olinganligi, unga yo'llanma berilishiga qaramasdan jazoni o'tashdan bo'yin tovlab ishga joylashmasdan kelganligi sababli mahkum D.Aga nisbatan jinoyat ishlari bo'yicha Konimex tuman sudining 18.11.2018 yildagi hukmiga asosan tayinlanib, 16.01.2020 yildagi ajrimiga asosan 1 yil 4 oy 29 kun ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan jazoning o'talmay qolgan 1 yil 14 kun ozodlikni cheklash jazosi xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Muxtasar qilib aytganda, D.A o'ziga nisbatan chiqarilgan cheklovlarga amal qilmasdan muntazam ravishda belgilangan qonun-qoidalarni mensimasdan, qo'pol ravishda buzib kelganligi sababli, yana bir bor sudning qora kursisiga o'tirdi.

 

 F.Qahorov, Jinoyat ishlari bo'yicha Konimex tuman sudi raisi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!