Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:03
telegram
AQShda o'tgan yil mayda sodir bo'lgan ishga sud hukmi o'qildi

 21 APREL, 22:25 116

.

Oq tanli sobiq politsiyachi Derek Shovin o'tgan may oyida, Minneapolisda sodir bo'lgan qora tanli Jorj Floydning o'limida «ikkinchi darajali qotillik, uchinchi darajali qotillik va odam o'ldirishda» aybdor deb topildi.

Janob Shovin janob Floydning bo'yniga to'qqiz daqiqadan ko'proq vaqt davomida tizzasini qo'yib, erga bosib turgani videoga olingan; qotillik bir necha oylik norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Uch haftalik sud jarayonidan so'ng, hakamlar hay'ati 10 soat atrofida muhokama qilishdi. Yaqin haftalarda, janob Shovinga qamoq jazosining vaqti borasida sud hukmi beriladi. U maksimum 40 yilgacha bo'lishi mumkin.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!