Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:21
telegram
Bishkekda erkak «Issiqko'l ildizi» damlamasidan zaharlandi

 21 APREL, 21:20 97

.

Qirg'izistonda Issiqko'l ildizidan tayyorlangan damlamadan zaharlanish holati qayd etildi.

Ma'lum qilinishicha, 63 yoshli erkak zaharli o'simlikdan tayyorlangan damlamani ichgan. Ayni damda bemor kasalxonaga yotqizilgan.

O'tgan juma Sog'liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliev matbuot anjumani vaqtida «uu korgoshuun» («qo'rg'oshinli zahar») deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichgandi.

Bundan avval Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kasallikning dastlabki bosqichda «Issiqko'l ildizi» yordamida koronavirusni davolash usuli topilgani haqida post qo'yilgan edi va u kecha o'chirib tashlangan.

Shuningdek, parlament sog'liqni saqlash vazirini lavozimdan ozod etish to'g'risida bosh vazirga taklif yubordi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!