Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 17:46
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! 1 maydan talabalar oylik ijara to'lovining 50 foizi byudjeti hisobidan qoplab beriladi

 21 APREL, 14:55

Prezidentning «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalarning ijara to'lovining yarmi qoplanadi.

Ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — BHMning 1 baravaridan, qolgan hududlarda — BHMning 0,5 baravari miqdoridan oshmasligi lozim.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR