Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:33
telegram
“Bekobod dehqon bozori” MChJ sobiq nazoratchisining talon-torojliklari fosh etildi

 21 APREL, 11:50 90

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Bekobod dehqon bozori” MChJ sobiq bosh nazoratchisi K.T. tadbirkorlardan yig'ilgan kunlik tushumning 287,3 mln so'mini, shuningdek MChJning korporativ bank plastik kartasidagi 19,9 mln so'mni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborib, jami 307,2 mln so'mni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!