Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 11:51
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Jizzaxda yuk mashinasi yo'l chetiga ag'darildi

 21 APREL, 11:15

Kuni kecha soat 17:20da Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o'tuvchi “Navbahor-Uchtepa-Jizzax” yo'nalishida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan. Yuk mashina haydovchisinig boshqaruvni yo'qotishi natijasida avtomobil yo'l chetiga chiqib, ag'darilgan. Hodisada haydovchiga jarohat etmagan, ammo, yuk mashinada zotdor qo'ylar qolib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boqsharmasining yong'in-qutqaruv guruhi etib kelgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yuk avtomobilining tirkamasi maxsus uskunalar yordamida ochilib, 130 bosh zotdor qo'ylar qutqarildi. Afsuski, yo'l transport hodisasida ushbu hayvonlarning bir qismi nobud bo'lgan.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR