Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:26
telegram
Jizzaxda "7 nafar hamshira ishi" sudda ko'rib chiqildi

 21 APREL, 09:45 125

.

Har bir sohada faoliyatni tashkil etish me'yoriy hujjatlarga asoslanadi. Ana shu hujjatlarga amal qilinsa hech qanday qonunbuzilishi va huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelmaydi. Afsuski, ayrim mutasaddi rahbarlar o'zlari qonun va qonunosti hujjatlari bilan etarli darajada tanish emaslar, aksariyati esa bilib turib unga amal qilmaydi. 

Bu borada xodimlarning huquqiy bilimlari kamligi yoki o'z huquqini talab qilib olmasligi qo'l kelmoqda. Har bir ishchi-xodim o'z huquqini yaxshi bilsa, huquqiy himoyasini o'z vaqtida talab qilsa mansab vakolatiga ega bo'lgan mas'ullar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ham barham topgan bo'lardi.

Xususan Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasining 2021 yil 18 yanvardagi buyrug'iga asosan tibbiyot birlashmasida ishlovchi  R.Abdurazaqova va boshqa  6 nafar ishchi-xodimlar vazifalaridan bo'shatilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan edi.

Xodimlarning tibbbiyot birlashmasi buyrug'idan norozi bo'lib ishga tiklash yuzasidan qilgan murojaatlari fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudida ko'rib chiqilib, ularning da'vosi qanoatlantirilgan.

Sudning 19 mart 2021 yildagi ijro varaqalari ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosining Zarbdor tuman bo'limi ish yurituviga 2021 yil 31 mart kunida kelib tushgan va qarzdor tuman Tibbiyot birlashmasiga xodimlarni muqaddam ishlab kelgan vazifalariga tiklash va sud qarorini ijrosini ta'minlash yuzasidan ogoxlantirish berilgan.

Shunga ko'ra tuman Tibbiyot birlashmasining buyrug'iga asosan R. Abdurazaqova, B.Akmurzaeva va 5 nafar ishchi-xodimlar o'z vazifalariga tiklanib, hozirda  ishlarini davom ettirishmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!