Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:38
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Ramazon kundaligidan: "ONAMGA RO'ZA TUTMANG DESAM GUNOH BO'LMAYDIMI?"

 21 APREL, 09:25 86

.

 O'tgan yili onam ro'za tutdilar, biroq sog'lig'i yomonlashib, ozgina qolganda ochib yubordilar. Bu yil ham ro'za tutishni boshladilar, lekin yana sog'lig'i yaxshimas. Men tutmang, desam gunoh bo'lmaydimi? Ya'ni ro'za tutishdan qaytarsam bo'ladimi?

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taolo bemorlar va musofirlarga engillik bergan. Bemor odam agar ro'za tutsa, kasali kuchayadigan yoki tuzalishi ortga suriladigan bo'lsa, ro'za tutmasdan, tuzalganidan keyin tutmagan kunlarining qazosini tutib beradi. Bordi-yu, surunkali kasal bo'lib, tuzalish umidi bo'lmasa, fidya beradi.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!