Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:26
telegram
Ogoh bo'ling! Toshkentda inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug'diradigan muzqaymoq sotilmoqda

 21 APREL, 08:25 108

.

«O'zstandart» agentligi tomonidan respublikamizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan Turkiya davlati “OERO TRADING LTD” korxonasida ishlab chiqarilgan “RS NOGGER 44% - Pechene bo'lgan o'simlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq (28%), o'simlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti «Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to'g'risida»gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermaydi.

Mahsulot tarkibida salomatlik uchun jiddiy xavfga ega bo'lgan (har xil proportsiyada kokos, palma, paxta, kungaboqar) o'simlik moylari borligi aniqlangan.

RS NOGGER 44% - Pechene bo'lgan o'simlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq, o'simlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq emasligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qo'mitasiga ma'lumot kiritildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!