Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:41
telegram
Mehnat vazirligi Shuhrat G'anievning yakshanba kuni yig'ilish o'tkazgani haqidagi xabarga munosabat

 21 APREL, 07:45 90

.

Bosh vazir o'rinbosari Shuhrat G'aniev rahbarligida 18 aprel, yakshanba kuni soat 18:00 da qishloq xo'jaligi masalalariga bag'ishlangan videoselektor o'tkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqda xabar tarqaldi. Mehnat vazirligi bunga munosabat bildirdi.

Vazirlikning qayd etishicha, Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq, ishdan tashqari ish vaqtida hamda dam olish kunlarida xodimlar ishga jalb qilinganda ularga mazkur tashkilotning jamoa shartnomasida belgilangan, lekin kamida ikki hissa miqdorida mehnat haqi to'lanishi lozim. Yohud ishdan tashqari ish vaqtida yoki dam olish kunida ishga jalb qilingan xodimlarga ish soatlariga mutanosib ravishda otgul (qo'shimcha dam olish kuni) berilgan bo'lsa, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorida mehnat haqi to'lanadi.

18 aprel kuni o'tkazilgan videoselektorda ishtirok etgan barcha tashkilot xodimlari o'z mehnat vazifalariga kiradigan masalalar yuzasidan dam olish kunida ishga jalb qilingan. Mehnat vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash maqsadida tegishli hokimiyat, vazirlik va idoralarga dam olish kunida xodimlarni ishga jalb qilish to'g'risida buyruq rasmiylashtirish hamda tegishli to'lovlarni amalga oshirish yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan.

Shu bilan birga, inspektsiya tomonidan hozirgi kunga qadar ishdan tashqari va dam olish kunlarida xodimlarni ishga jalb qilish yuzasidan 300 dan ortiq monitoringlar o'tkazilgan bo'lib, o'rganishlar davomida qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida tashkilot va idoralarga 150 dan ortiq yozma ko'rsatmalar kiritilgani qayd etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev yanvar oyida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida majlisbozlikni kamaytirish shartligini qat'iy ta'kidlagandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!