Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:00
telegram
Allamjonov LGBTchilar haqida: "Bu mavzuni yoritmang"

 31 MART, 09:00 1007

.

​Xorijiy tashkilotlar O'zbekiston yoki boshqa har qanday davlatga  biror talab qo'yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishi kerak.

Albatta, inson huquqlari muhim masala va har bir fuqaro yurish-turishidan qati nazar, davlat himoyasida bo'ladi. Lekin asosiy qismini musulmonlar tashkil etgan bizning yurtda g'ayritabiiy erkak va ayollarni jamiyat qabul qilmaydi! Muqaddas Islom dinimiz, madaniyatimiz bunga yo'l qo'ymaydi.

Mana, Bozorov misolini olaylik, o'ylab-o'ylamay gapirishning o'zi qanday oqibatlarga olib keldi?! Aslida, bizniki kabi davlatlarda besoqolbozlikka qarshi qonunlar engillashtirilsa ham jamiyat buni qabul qilmaydi va bu quruq qog'ozda qolib ketaveradi. Chunki, jazo bekor qilinib, bunday toifalar bemalol ko'cha-ko'yda o'zini ko'rsata boshlasa, “samosud”lar ko'payib ketishi mumkin. Rasmiy jazo belgilanmagan taqdirda ham, musulmonlardan iborat jamiyat ularni baribir qo'ymaydi. O'z-o'zidan kichik betartibliklar katta muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning o'zi — hamma savolga javob bo'lishi kerak! O'rni kelganda, barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlarni LGBT mavzusini tinimsiz yoritishni to'xtatishga chaqiraman. Bu masalaning hadeb muhokama qilinishi odamlarning etini o'ldiradi. O'ta yoqimsiz mavzuni oddiy holdek qabul qila boshlaymiz, bu ketishda. Aslida, bunaqa gaplar odam eshitganda seskanadigan darajada kam quloqqa chalinishi kerak.

Ommaviy muhokama kimlarningdir (ayniqsa, ruhiyati to'liq shakllanmagan o'smir-yoshlarning) beixtiyor qiziqishini oshiradi. Natijada, ushbu yaramas holat jamiyat ongiga kishi bilmas singdiriladi. Aqlni ishlataylik, provokatsiyalarga berilmaylik. Demokratiya so'zining tub ma'nosi — xalq hokimiyati, degani. Modomiki, xalqning asosiy qismi nimagadir qarshi ekan, demak, uning xohish-tanlovini inobatga olish shart, ana shu — demokratiya! Kuni-kecha bo'lib o'tgan voqealarning sababchilari — blogerlar faoliyatiga AOKA  qonuniy baho berishi va qonunni buzgan barchaga jazo qo'llanilishi zarur. Men har qanday noqonuniy namoyishlar hamda bezorilikni keskin qoralayman.

Komil Allamjonov

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!