Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:53
telegram
Farg'onada uyida giyohvandlik vositasini noqonuniy saqlayotgan shaxs fosh etildi

 1 APREL, 16:05 36

.

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini  noqonuniy saqlash va realizatsiya qilinishiga qarshi kurashish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Farg'ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma'lumot asosida Qo'shtepa tumanida tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko'zdan kechirilganida, xonadondagi gilam ostida va mebel ichiga tsellofan paketga o'rab joylangan yashil rangli hamda o'tkir hidli 87 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!