Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:15
telegram
Buloqboshi tumani Davlat soliq inspektsiyasi davlat soliq bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustid

 20 APREL, 19:50 90

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va DSQning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tumani Davlat soliq inspektsiyasi davlat soliq bosh inspektori M.X. o'z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro A.ning otasiga tegishli 0,33 gektar noturar er maydonining soliq qarzdorligi mavjud bo'lmasada, ushbu er maydoni bo'yicha 30 mln so'm soliq qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berishi evaziga 15 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!