Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:09
telegram
Toshkentda bolalar maydonchasida 8 yoshli bola vafot etdi

 20 APREL, 13:35 126

.

Marhum N.Sh. ning (2012 y. t.) otasi ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan bayonotga ko'ra, hodisa 17 aprel kuni bolalar o'yin maydonchasini obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan 1, 2 va 3-uylar hovlisidagi Vodnik-1 dahasida sodir bo'lgan.

Obodonlashtirish xizmati xodimlari maydonni tegishli me'yorlar asosida to'smaganligi va buning oqibatida 8 yoshli bolaning ustiga arg'imchoq ustuni qulaganligi aytilmoqda. Bola voqea joyida vafot etgan.

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismining «a» bandi (tog'-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o'lishiga olib kelsa) bilan jinoiy ish ochilgan.

Holat yuzasidan bir qator ekspertizalar tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!