Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:39
telegram
Samarqandgi bog'chaga sariyog' o'rniga "Spred" mahsuloti berilgani aniqlandi

 20 APREL, 12:25 105

.

AOKAda bo'lib o'tgan brifingda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo'jaeva Samarqand viloyatida amalga oshirilgan o'rganishlar natijasi to'g'risida ma'lumot berdi.

58-sonli DMMTda 141 nafar tarbiyalanuvchi to'g'risida ma'lumot taqdim etilgan bo'lsada, amalda 186 nafar tarbiyalanuvchi borligi aniqlandi. OpenEmis tizimida guruh quvvatlari kichik guruh uchun 49 taga, tayyorlov guruhi uchun 45 tagacha oshirilgan. 

8 nafar tarbiyalanuvchi tashkilotdan ketgan bo'lishiga qaramasdan OpenEmis tizimidagi tarbiyalanuvchilar ro'yxatidan o'chirilmagan. Bu o'z navbatida bo'sh o'rinlarning shakllantirilmasligiga hamda guruhlarga noqonuniy bolalar qabul qilinishiga zamin yaratgan.

7-MTTda OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola bo'lib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yo'llanmalar mavjud emas. Bundan tashqari, ta'minotchi tomonidan MTTga sariyog' o'rniga “Spred” (sut yog'i o'rnini bosuvchi modda) mahsuloti olib kelinganligi aniqlanib, ishchi guruh tomonidan tabiiy sariyoqqa almashtirildi.

31-MTTda ishchi guruh o'rganishlar bilan ovora bo'lgan bir paytda oshpaz pishib turgan ovqatga xom tovuq go'shti solib yuborgangiga guvoh bo'lindi, ya'ni me'yor talabidagi go'sht ma'suloti pishgan ovqatga xomligicha solindi.

38-MTT binosida qulflangan xona borligi, unda 20 ta bolalar krovati va 10 nafar bola borligi aniqlandi. OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola bo'lib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yo'llanmalar mavjud emas. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!