Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:55
telegram
Kitobdagi 5-Mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri lavozimidan ozod etildi

 20 APREL, 11:45 104

.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) ning rasmiy saytida "Bola huquqlari bo'yicha vakil: Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak! Bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda" sarlavhali maqola chiqarilgan.

Unda Kitob tumanida joylashgan 5-Mehribonlik uyida tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan o'rganishda muassasa tarbiyalanuvchilari uchun etarli sharoitlar yaratilmaganligi, muassasa jixozlari eskirib qolganligi, tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirish normalariga amalga qilinmayotganligi hamda oziq-ovqat omborxonasi sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlanganligi bildirilgan.

Kitob tumani prokuraturasi tomonidan muassasada o'tkazilgan tekshirish natijasiga ko'ra, o'z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan muassasa direktori hamda ombor mudiri egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, direktor o'rinbosari intizomiy javobgarlikka tortildi, xo'jalik mudiri va parhez hamshirasiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik tug'risidagi kodeksining 53-moddasi (Sanitariya qonun hujjatlarini buzish) bilan ma'muriy javobgarlik to'g'risida ish qo'zg'atildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!