Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:27
telegram
Andijonda 8 marotaba sudlangan ikki nafar xavfli retsivist ayolga hukm o'qildi

 20 APREL, 10:40 106

.

Andijonlik qirq bahorni qarshilagan Shohida va Aziza (ism-sharif o'zgartirilgan) muqaddam 8 marotaba turli jinoyatlarni sodir etib sudlangan. Odatda ayollar vafoli yor, mehribon ona rutbasiga oshiqsa bularning ortirgani “xavfli retsidivist” maqomi bo'ldi.

Shohidaning qilmishi haqida qisqacha to'xtalsak, u xavfli retsidivist bo'la turib, o'zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, xavfli retsidivist Aziza bilan o'zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Andijon shahrida joylashgan Jahon buyum bozoriga borishib, mazkur bozorning 8-qator savdo rastasida joylashgan savdo do'konidagi sotuvchi jabrlanuvchi Oyshaga go'yoki o'zlarini savdogar sifatida ko'rsatishib, unga tegishli bo'lgan kiyim-kechaklarni pulini bir xaftalik muddatda bo'lib to'lash sharti bilan sotib olishib aldashib, oyshaning jami 21.410.000 so'mlik ayollar kiyim-kechaklarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritishgan.

Bundan tashqari, Shohida va Aziza xafli retsidivist bo'lgani holda, jinoiy harakatlarini davom ettirishib, o'zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, o'zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2020 yil 6 avgust kuni jabrlanuvchi Asilaning Andijon shahrida joylashgan uyiga kelishib, unga o'zlarini savdogar sifatida ko'rsatishib, Asilaning ishonchiga kirishib, jami 7.030.000 so'm bo'lgan turli xildagi buyumlarini pulini bir hafta ichida berishlikka yolg'ondan va'da berib sotib olishib, o'zganing mulkini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritishgan.

Sudda aybi isbotlangan jinoyat uchun jazo hamisha muqarrar. Bu hayotda birovning haqi o'zgaga hech qachon buyurmasligi aniq. Sud davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi Shohida Sobitova va Aziza Olimovani, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko'rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o'rganib chiqib, Shohida Sobitova hamda Aziza Olimovani Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganlikdagi aybli deb topib, aybini og'irlashtiruvchi va engillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, ularga qonun sanktsiyasida belgilangan jazoni tayinladi.

Husniddin Kamolov,jinoyat ishlari bo'yicha Bo'ston tuman sudi sudyasi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!