Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:10
telegram
«Har bir tumanning rahbarlari 35-40% oyligini davlatga to'lashni o'ylashi kerak» — prezident

 20 APREL, 10:10 93

.

Prezident Shavkat Mirziyoev 16 aprel kuni Samarqandda bo'lib o'tgan viloyat faollari yig'ilishida rahbarlarni ishsiz fuqarolar va muxojirlar masalasi bilan ishlamayotganligini tanqid qildi. Bu haqda «Maxsus rakurs» dasturida xabar berildi.

«Har bir rayonni 4 ta rahbari vijdoni bo'lsa, viloyat hokimiga kelib aytishi kerak „35-40 foiz oyligimni davlatga to'layman“, deb. Nimaga desangiz har bir mahalla, tumanda 15, 20, 30 foiz fuqaro chet elda yuribdi. Ular uchun oylik olyapsizlar-ku. Nimaga ularni bir oyda bo'lmasa ham, ikki  oyda bir marta eslamaysizlar? Qaerda yuribdi u bechora, qanday sarson, sargardon yuribdi, uning muammosi qanday deb. Juda bo'lmasa bitta telefon qilib qo'ymaysizlar qarindoshing, bolalaring tinch deb. Oyliklaringni topshirmagan bo'lsalaring ham», — dedi davlat rahbari.

Ma'lumotga ko'ra, Samarqandda 220 ming nafar fuqaro chet elda, 174 mingi esa ishsiz.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!