Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:18
telegram
“Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” AJ transformatsiya qilinadi

 20 APREL, 09:15 86

.

“Uzbekistan airways” xarajatlari 46,5 mln dollarga qisqartiriladi, foydalanilmayotgan 12 ta samolyot tasarrufdan chiqarilib, aviachiptalarni xorijda sotish bo'yicha agentlar komissiyasi foizi tushiriladi. Daromadlar yiliga 40 mln dollarga ko'paytiriladi. Talab kam bo'lgan yo'nalishlarda biznes klass bekor qilinib, o'rindiqlar soni ko'paytiriladi. 4 ta A-320 samolyotida loukoster, ya'ni arzon qatnovlar tashkil etiladi. 

⚡️Mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshiriladi.

⚡️“Uzbekistan airports” tarkibidagi 11 ta aeroport yagona boshqaruv organi tasarrufida birlashtiriladi. Xarajatlari 32 foizdan 15 foizga tushiriladi, xaridlari optimallashtiriladi, aeroport xizmatlari uchun yig'imlar 27 foizga, jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytiriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!