Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:41
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Respublikada hafta o'rtasida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

 20 APREL, 04:35 139

.

20-21 aprel kunlari O'zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so'ng Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib keladi. 20 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunduzi yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba'zi joylarga biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17, kunduzi +17...+22 daraja atrofida bo'ladi. 21 aprel kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg'ir yog'adi, ba'zi joylarda momaqaldiroq bo'ladi. Kunduzgi harorat +13...+18 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprel kunlari shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida yomg'ir yog'adi, ba'zi joylarda kuchli bo'ladi, sel kelishi xavfi bor. Ish haftasining ikkinchi yarmida O'zbekistonning barcha hududlari bo'yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo'ladi. 22 aprel kuni tungi harorat +3...+8 darajagacha pasayadi, kunduzgi harorat esa asta-sekin ko'tariladi va +17...20 darajagacha bo'ladi. 23 aprelda esa +22...+25 darajagacha ko'tariladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog'li hududlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!