logotip
Hi, Guest!
Soat: 15:30
LoginA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Payariq tumanida bank filiali tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlari buzilganligi aniqlandi

 19 APREL, 22:20

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Chelak filiali boshqaruvchisi sobiq o'rinbosari B.N. va boshqalar tumandagi 14 ta fermer xo'jaliklarining xabardorligisiz ularning bank hisob raqamlaridagi jami 129,7 mln so'mni “S.” fermer xo'jaligi hisob raqamiga o'tkazib, uning bank oldidagi kredit qarzdorligini qoplashga yo'naltirib, fermer xo'jaliklari manfaatlariga juda ko'p miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.  

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR