Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:27
telegram
O'n ikkita zarba: Samarqandda erkak qaynonasini o'roq bilan o'ldirdi

 19 APREL, 22:10 105

.

2021 yil 19 aprel kuni Pastdarg'om tumanida yashovchi A.B. mast holatda sobiq turmush o'rtog'i Sh.R.ning Samarqand tumani, “Qaynama” MFYdagi uyga farzandini ko'rishga kelib, qaynonasi A.G. uni farzandi bilan uchrashishga qarshilik qilganligi oqibatida yuzaga kelgan o'zaro janjal davomida, A.B. o'zi bilan olib kelgan o'roq bilan marhumaning ko'krak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo'lgan tan jarohati etkazganligi oqibatida, u hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, marhumaning o'limi ko'krak va bel sohasiga o'n ikki marotaba teshib o'tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o'tkir qon yo'qotishidan kelib chiqqan. 

Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o'rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanaev, tuman IIB boshlig'i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a'zolari chiqishgan.

Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, u himoya huquqi ta'minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, jinoyat ishi bo'yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!