Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:06
telegram
Toshkentda Nigeriyadan kelgan ingliz tili o'qituvchisiga jinoiy ish qo'zg'atildi

 19 APREL, 16:50 46

.

Toshkent viloyati. 2021 yilning 14 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, JQB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, O'zbekiston Respublikasiga ingliz tili fani bo'yicha o'qitish maqsadida kelgan nigeriyalik 34 yoshli O.Innosent tanishi X.O. ni o'z uyida mehmon qilib, uning ichimlik suviga noma'lum modda qo'shib berib, sarxush holatga kelganidan foydalanib rasmga tushirgan va ushbu suratlarni “Telegram messenger” ijtimoiy tarmog'i orqali tarqatib yubormasligi evaziga 5 000 000 so'm pullarni talab qilib, Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Shoxsaroy” to'yxonasi oldida X.O.dan 2 000 000 so'm pullarni tovlamachilik yo'li bilan olayotgan vaqtida qo'lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo'l shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O.Innosentga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to'liq o'rganilib, huquqiy baho berilishi ta'minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!