Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:48
telegram
Mirza Azizov 25 kun reanimatsiyada bo'lib, koronavirus bilan kurashgani ma'lum bo'ldi

 19 APREL, 16:05 128

.

16 aprel kuni vafot etgan O'zbekiston xalq artisti Mirza Azizov COVID-19 ga chalinib, 25 kun davomida Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasining reanimatsiya bo'limida davolangan, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Xabarga ko'ra, aktyor 23 mart kuni soat 15:40 da shifoxonaga olib borilgan va ahvoli og'irligi tufayli reanimatsiya bo'limiga yotqizilgan.

Ma'lumotlarga asosan, Mirza Azizovda COVID-19 infektsiyasi hamda ikki tomonlama pnevmoniya tasdiqlangan. Unga yurak ishemik kasalligining dastlabki tashxisi qo'yilgan. Aktyorda gipertoniyaning ikkinchi bosqichi, semizlikning ikkinchi darajasi, ilk bor qandli diabetning ikkinchi turi aniqlangan.

Ushbu surunkali kasalliklarga qarshi shifokorlarning standart bo'yicha davolash muolajalari qilinishiga qaramasdan, 16 aprel kuni soat 12:15 da biologik o'lim holati qayd etilgan, deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!