Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:43
telegram
O'zbekiston Milliy universiteti talabalarida koronavirus aniqlandi. Yotoqxona karantinga olindi

 19 APREL, 15:35 122

.

Joriy yil 19 aprel sanasidan Toshkent shahridagi O'zbekiston Milliy universitetining 4-yotoqxonasida yashovchi talabalarda koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi sababli ushbu yotoqxona 14 kunga karantinga yopildi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining 5-yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalarda ham kasallik kuzatilganligi sababli yotoqxona 2 haftalik karantinga yopildi.

Shu munosabat bilan mazkur ta'lim muassasalariga tegishli ushbu turar joylarda yashaydigan talabalar ta'limni masofaviy shaklda davom ettiradi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!