Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:01
telegram
JSST: dunyoda COVID-19 dan 3 milliondan ortiq bemor vafot etdi

 19 APREL, 15:10 74

.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 140 million 322 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 3 million 003 mingdan ziyod kishi vafot etgan (18.04.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 14:35 holatiga ko'ra). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanishning 809 004 yangi holati aniqlandi. 11 481 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:20 holati) ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda kasallikni 141 million 438 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 020 mingdan ortig'i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo'yicha: AQSh birinchi o'rinda turibdi, u erda JSST ma'lumotlariga ko'ra 31,250 milliondan ortiq koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  – Ikkinchi o'rinda Hindiston (14,788 milliondan ortiq),  – uchinchi o'rinda Braziliya (13,832 milliondan ortiq),  – to'rtinchi o'rinda Frantsiya  (5,178 milliondan ortiq),  – beshinchi o'rinda esa Rossiya (4,702 milliondan ortiq). 

JSST ma'lumotlariga ko'ra, bir sutka davomida AQShda 73 697, Hindistonda 261 500, Braziliyada 85 774, Frantsiyada 34 218, Rossiyada esa 8 632 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Joriy yilning 18 aprel holatiga ko'ra dunyo bo'yicha koronavirusga qarshi 792 million 796 mingdan ortiq doza vaktsina qo'llanilgan.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!