Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:00
telegram
Shavkat Mirziyoevni haqoratlab, tuhmat qilib kelgan jizzaxlik fuqaroga jinoiy ish qo'zg'atildi

 19 APREL, 12:50 126

.

1969 yilda Baxmal tumanida tug'ilgan fuqaro V.K internetning “YouTube” va  “Facebook” tarmoqlarida “V.K” (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to'g'ridan-to'g'ri chiqishlar qilib, o'z chiqishlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto'g'ri talqin qilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarini obro'siga putr etkazish va kamsituvchi ma'lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!