Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:42
telegram
O'zbekistonda kecha 300 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

 19 APREL, 11:20 76

.

2021 yil 18 aprel holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 86982 (+302) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: – 3 nafari Andijon viloyatida, – 1 nafari Buxoro viloyatida, – 6 nafari Jizzax viloyatida, – 1 nafari Qashqadaryo viloyatida, – 2 nafari Navoiy viloyatida, – 3 nafari Namangan viloyatida, – 18 nafari Samarqand viloyatida, – 3 nafari Sirdaryo viloyatida, – 59 nafari Toshkent viloyatida, – 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: – Andijon viloyatida 28 nafar, – Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, – Samarqand viloyatida 92 nafar, – Surxondaryo viloyatida 5 nafar, – Toshkent viloyatida 32 nafar, – Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 84307 (+264) nafarga etdi va sog'ayish ko'rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2037 nafar bemordan 238 nafari og'ir, 109 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!