Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:22
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Isroilda niqobsiz yurishga ruxsat berildi

 18 APREL, 21:20

Isroil davlati Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qilishicha, mamlakatda kasallanganlar soni kamaygani natijasida aholiga niqobsiz yurishga ruxsat berildi. Ammo bu ruxsat hamma joyda ham emas. Aholi gavjum joylarda va yopiq muassasalardagi cheklovlar hali hamon o'z kuchida.

Yaqinda vaktsina olgan turistlarga mamlakatga kirishlariga ruxsat berilishi ma'lum qilingan edi. Lekin sayyohlar samolyotga chiqishlaridan oldin PTsR-test topshirishlari lozim. Bundan tashqari Isroil aeroportini tark etayotganlarida ham PTsR-test va antitelani tekshiri uchun test topshirishlari kerak bo'ladi.

Ma'lumot o'rnida, Isroil emlangan turistlarga 23 maydan mamlakatga kirishlariga ruxsat beradi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR