Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:42
telegram
Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak! Bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda

 18 APREL, 20:15 109

.

Bola huquqlari bo'yicha vakil joriy yilning 12-15 aprel kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida bo'lib qaytdi. Xizmat safari 2021 yil 15 mart kunidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks o'rganishni tashkil etish to'g'risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Qarorga ko'ra, etim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni tanlov asosida hududlarda o'rganish bo'yicha ishchi guruhi va chora- tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Ishchi guruhi tarkibida Bola huquqlari bo'yicha vakil Bolalar uyi va Mehribonlik uylarida etim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko'rikdan o'tishi, sog'lomlashtirish, sog'lom ovqatlantirish holatlari, bolalarni oilalarga qaytarish jarayoni, muassasa bitiruvchilarining bandligi, jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta'minlash, bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar holati, muammo va takliflarni o'rgandi.

O'rganishlar Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan 5-Mehribonlik uyida davom ettirildi. O'rganish kuni muassasada 65 nafar (qizlar 28 nafar) tarbiyalanuvchilar bo'lib, ularning 15 nafarini chin etimlar tashkil etadi.


Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak! Bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!