Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:07
telegram
MIB 3 ming nafardan ko'proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig'i chet elga chiqib ketgan

 25 NOYABR, 14:35 11

.

Bu haqda AOKAda o'tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo'latov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining tezkor-qidiruv faoliyati natijasida joriy yilning o'tgan davrida qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e'lon qilingan bo'lib, shundan 4,5 mingdan (58 foiz) ortig'i topilib, majburiy ijro harakatlari o'tkazilgan.

Hozirda 3 ming 264 nafar qarzdor qidirilyapti, uning 2 ming 149 nafari respublika hududida yashiringan, 1 ming 115 tasi esa chet elga chiqib ketgan.

Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 mlrd 700 mln. so'm undirildi. Shundan 22 mlrd. 800 mln. so'mi aliment pullari hisoblanadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!