Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 17:58
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Library | Jinsiy hayot sirlari
1 2 3 Keyingi »

AYOL ORGAZMI — TURLARI, AYOL JINSIY ALOQADA LAZZATLANISHI XUSUSIYATLARI, ANORGAZMIYA

Added:admin (25.09.2022 / 23:16)
Rating:rating 1810 article (0)
Reads:110
Comments:0
screenOrgazm — lazzatlanish holati, inson jinsiy aloqada bo’lishida lazzat olishining eng yuqori nuqtasi. Jinsiy sohaning ko’pgina aspektlari zamonaviy tibbiyot tomonidan yaxshi o’rganilganiga qaramasdan, orgazm ko’p jihatdan sirli hodisa bo’lib qolmoqda. Bu ayniqsa, jinsiy aloqada ayollar lazzatlanishi kabi orgazm turiga taalluqlidir.

Odam — jinsiy aloqada asosan biologik ehtiyojlar uchun emas, balki jarayon bag’sh etadigan lazzat uchun bo’ladigan yagona tirik mavjudotdir. Ba’zi manbalarda istisno tariqasida delfinlar ham keltiriladi. Va har qanday jinsiy aloqaning avj nuqtasi orgazm hisoblanadi. Biroq, hamma jinsiy aloqada ham shundaymi? Va har ikkala juft ham orgazmni boshdan kechirishga qodirmi?

ERKAKLAR ORGAZMI
Erkaklarga kelganda, ularning orgazmi juda yaxshi o’rganilgan. Ma’lumki, orgazm har qanday erkak jinsiy hayotining ajralmas qismidir. Bu fiziologik sabablar bilan izohlanadi. Erkak organizmi, asab va gormonal tizimlari shunday tuzilganki, deyarli har qanday eyakulyatsiya, ya’ni urug’ otilishi orgazm bilan tugaydi. Odatda erkak orgazm nima ekanligini juda erta anglaydi, ba’zan jinsiy hayot boshlanishidan oldin, bolalik davridayoq biladi, buning sababi onanizmdir. Va shu paytdan e’tiboran erkakda deyarli har qanday jinsiy aloqa yoki eyakulyatsiya (shu jumladan, tushda va onanizmda) bu hodisa bilan assotsiatsiyalanadi.

Ko’pchilik hollarda, erkak jinsiy aloqa paytida faqat bitta orgazmni boshdan kechiradi. Bu, jinsiy aloqa vaqtida eyakluyatsiya ham bittaligi bilan izohlanadi. Ammo olimlar neyrofiziolologik darajada orgazm eyakulyatsiya bilan kuchli bog’liq emasligini ta’kidlashadi. Ya’ni, nazariy jihatdan jinsiy aloqa vaqtida erkak bir necha marotaba lazzatlanish cho’qqisini his etishi mumkin. Ammo amalda bu murakkab psixologik tayyorgarlikni va fiziologik jarayonlarni boshqarish usulini o’zlashtirishni talab qiladi. Boshqa tomondan, erkakda orgazmning yo’qligi ham kamdan-kam uchraydi. Albatta, bu hodisaning kuchi va davomiyligi zaif va juda qisqa yoki kuchli va uzoq bo’lishi, bu vaqt ichida inson hatto qisqa vaqtga hushini yo’qotishi ham mumkin.

AYOL ORGAZMI YOXUD JINSIY ALOQADA LAZZATLANISHI
Ayollarga kelganda esa, barchasi juda boshqacha. Bu asosan urug’lantirish uchun ayol orgazmi majburiy jarayon emasligi bilan bog’liq. Ko’pgina ayollar homilador bo’lib, farzand dunyoga keltirishadi va shu bilan birga hayotida bunday hissiyotlarni umuman boshdan kechirmasliklari mumkin. Shuning uchun oldingi asrlarda, tabiiy ravishda ko’pchiligi erkaklar bo’lgan olimlar va fiziologlar, ayol jinsiy aloqada lazzatni boshdan kechirishga qodir emasligiga ishonishgan.

Biroq, bu fikr noto’g’ri bo’lib chiqdi. Ammo, bu har bir ayol, hatto muntazam ravishda jinsiy aloqada bo’lganida ham orgazmga erishmasligini inkor etmaydi. Seksologlarning fikriga ko’ra, aksariyat ayollar jinsiy aloqa vaqtida orgazm shaklidagi jinsiy ehtiyojni qondirish imkoniga ega.

Buning sababi nima? Nima uchun barcha ayollar orgazmni his etmaydi? Buning sababi erkak va ayolning erotik stimullarga reaktsiyasi va bu stimullarning tabiati farq qilishidir. Erkak uchun bevosita fiziologik stimullar muhim, birinchi navbatda vizual va jinsiy a’zolarning asab oxirlari bilan bog’liq taktil sezgilar. Ayol uchun fiziologik stimul ikkinchi darajali hisoblanadi (ammo ular ham rol o’ynaydi), ularga jufti bilan jinsiy yaqinlikda bo’lganda keladigan psixologik qulaylik, o’ziga xos sharoit va kayfiyat, hissiy va axloqiy taqiqlarning yo’qligi juda muhimdir. Agar jinsiy munosabatda yoki undan oldin ayol qo’rquv, xavotirlik va ayniqsa uyat kabi his-tuyg’ularni boshdan kechiradigan bo’lsa, uning jinsiy yaqinlikdan mamnun bo’lish juda qiyin bo’ladi.

Real sharoitda barcha qulay omillar doimo mavjud emasligini keltirib o’tmasa ham bo’ladi.

Ko’pgina ayollar, jinsiy aloqada kerakli darajada lazzatlanishga erishishlariga yo’l qo’ymaydigan psixologik muammolarni ham boshdan kechirishadi. Bu muammolar quyidagi omillarning natijasi bo’lishi mumkin:

Puritancha tarbiya;
O’z istaklari va fantaziyalari haqida o’ylashdan uyalish;
Antiseksual psixologik qarashlar.
Jinsiy masalalarda savodsizlikning ahamiyati ham katta. Jinsiy yaqinlik boshlanishidan oldin hamrohning tayyorgarlik bosqichiga yetarlicha e’tibor bermasligi, haddan tashqari tez eyakulyatsiyasi, uning yetarli darajada bo’lmagan taktini ham hisobdan chetda qoldirmaslik kerak.

Fiziologik his-tuyg’ularga keladigan bo’lsak, jinsiy aloqa vaqtida ayol uchun ayol tanasidagi erogen hududlarni stimullash muhimdir, ayollarda bunday hudurlar erkaklarga qaragandan ko’proqdir. Bunday rag’batlantirish odatda hamroh tomonidan amalga oshiriladi, lekin u doimo ham bunga e’tibor bermaydi.

Erkaklar va ayollarga xos bo’lgan jinsiy istak kuchayishi farqini ham hisobga olish kerak. Ko’p erkaklar 5-10 daqiqa mobaynida juda tezlik bilan jinsiy istakka erishadi va shuning uchun tezda orgazmga yetadi. Ayolga esa orgazmga erishish uchun yetarli bo’lgan jinsiy istak kuchayishi ko’proq vaqtni talab qiladi — taxminan 15 daqiqa. Shuning uchun, odatda, ayol shunchaki ushbu bosqichga yetib kelmaydi. Biroq, bu ayol orgazmga erisha olmasligini anglatmaydi.

Shuning uchun ayollar uchun jinsiy yaqinlikdan oldin prelyudiya kabi qism muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, u erkaklar uchun ham muhim ahamiyatga ega, biroq nisbatan kamroq darajada, chunki erkaklar jinsiy reaktsiyalari juda tez rivojlanadi va sensor qo’zg’atuvchilarga qaraganda ko’proq vizual qo’zg’atuvchilarga bog’liq. Biroq, ayollar uchun, dastlabki erkalashlar — bu o’z va jufti tanasi uyg’unligini his qilishini mustahkamlash uchun ba’zan yagona vosita sanaladi.

ORGAZMNI SIMULYATSIYA QILISH
Sir emaski, ko’plab ayollar o’z juftlariga sovuq va frigid tuyulishdan, ular jinsiy aloqada erkakni qondirish qobiliyatiga ega emasligi haqida o’ylashdan qo’rqishadi. Va shuning uchun ular bir oz hiylaga — orgazm boshlanganini simulyatsiya qiladilar. Ushbu hiyla turli yoshdagi ayollar tomonidan ishlatilishi mumkin. Odatda, uning maqsadi — erkakni saqlab qolish, tanlagan jufti u xohlagan barcha fazilatlarga ega ekanligini ko’rsatishdir. Biroq, ko’p holatlarda bunday texnika juftliklar duch keladigan muammolarni hal qilmaydi. Axir, agar erkak uning jufti yolg’on ishlatayotganidan shubha qilsa, kelajakda, unda ayolni lazzatlantirish uchun har qanday stimul yo’qolishi mumkin.

Ko’pgina hollarda, ayollar orgazm olganligi taassurotini qoldirib, erkaklarni aldashni uddasidan chiqishadi. Aslida esa bunday bo’lmaydi. Noto’g’ri orgazmni payqab qolish qiyin emas, shunchaki diqqatli bo’lish kerak. Chunki ayolning jinsiy aloqada lazzatlanish cho’qqisiga yetagnini tashqi belgilardan bilib olish oson: bo’yin va yuzning qizarishi, oyoq-qo’llarning issiqligi, nigohlari «adashgan» bo’lishi.
Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish→

ANORGAZMIYA NIMA?
Orgazmga yetisha olmaslik anorgazmiya deb ataladi. Bu tushunchani frigidlik bilan adashtirmaslik kerak, chunki oxirgi so’z jinsiy aloqadan qoniqishning to’liq yetishmasligini nazarda tutadi. Aslida,
Download txt | fb2
1 2 3 Keyingi »