Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 02:55
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

SO'NGGI PUShAYMONLIK SABOG'I…

Tags:so nggi pushaymonlik sabog i
Added:admin (08.03.2022 / 00:10)
Rating:rating 1805 article (0)
Reads:87
Comments:2
screenOdamzodning kamchiliklari hech tugamaydi. Ayniqsa, ayol zotida kamchilik qalashib yotibdi. Hali unim kam, hali bunim kam, deb bozorga chopgani- chopgan. O'zbek ayollarini-ku, gapirmasa ham bo'ladi. Bozor-o'char borasida ularning oldiga tushadigani yo'q.

O'shanda yozning issiq kunlari edi. Yakshanba. Dam olish kuni. Mening ham bozorga ishim tushib, ikki kun oldin birga aylanamiz, deb dugonam bilan kelishib qo'ygandik. Uni kuttirib qo'ymayin deb, erta tongdan kelishilgan joyga borib olibman. Rosa bir yarim soat kelishini poylab o'tirdim. Baraka topgur mutasaddilarimiz bozorga kelib-ketguvchilarning hojati uchun, kiraverishga qatorlatib o'rindiqlarni o'rnatib qo'yishgan. Shu o'rindiqlarning birida hamrohimni kutib o'tirsam, xushro'ygina, ko'rinishidan 47, nari borsa 50 yoshlarni qoralagan ayol yonimdagi o'rindiqqa kelib o'tirdi. U ham kimnidir kutayapti chog'i.

— Singlim, siz ham kimnidir kutayapsizmi? — so'radi haligi ayol.

— Ha, dugonamni kutayapman, — dedim suhbatdosh topilganidan xursand bo'lib.

— Oxirgi paytlarda kun to'qqizdan oshmay qizdirishni boshlaydi-ya, shunga saharlab kela qoldim bozorga. Salqinroqda ishimni bitiray dedim, — gapga kirishdi ayol.

— Ha, men ham shu niyat bilan uydan chiqqandim, ammo dugonam ancha kechikdi, vaqtli kelganimning foydasi bo'lmadi, — dedim dugonamdan nolib.

— Mayli, bir soat oldin ishing bitdi nima, keyin bitdi nima, nasib qilgani bo'ladi-da, — dedi ayol.

Gap-so'zlaridan ma'niligina ayolga o'xshar edi. Xushchaqchaqligi, kirishimliligi, kulib gapirishlaridan shundaygina sezilib turgandi. Gapimiz qizigandan-qizib, birovni kutayotganimiz ham esimizdan ko'tarildi. Kasbim jurnalist bo'lganligi uchunmi, odamlar bilan gaplashishni, ularni eshitishni juda yoqtirman. Suhbatga berilib,  bozor ham bir chetda qoldi o'sha kun. Baxtli tasodifki, dugonam ham ancha kechikib keldi.

Baxtli oila edik, ammo…

Shunday qilib, qahramonimiz oilasi haqida gapirib berdi. Ayolning aytishicha, uning ikkita qizi bor. To'ng'ichi men qatori yigirma bir yosh, keyingisi opasidan ikki yosh kichik. Ikkalasini ham uzatibdi. Yaqinda nabirali ham bo'lar emish. Ha, omon-eson qutilib olsin. Alloh umri-rizqi bilan bersin dedim-u, ayolning gaplari orasida yolg'iz yashayman deganiga tushunmadim.

Axir, ikki qizni tarbiyalab, uzatish oson ish ekanmi? Qiz chiqarganga qirq yil tegma degan gaplar ham bor. Ayniqsa, bugungi kunda qiz chiqarish, manaman degan tog'dek erkakni ham sillasini quritadi.

-O'g'lingiz yo'qmi, turmush o'rtog'ingiz chetga ishlagani ketganmilar?- so'radim qiziqib.

-Eh singlim, yopmoqchi bo'gan kitobimni ochdingiz-ku, -dedi xo'rsinibgina. Biz baxtiyor oila edik. Shukrki, Yaratgan ikki qiz berdi. Ularni o'stirdik, tarbiya qildik. Ammo o'g'il bermadi. Xo'jayinim bechora, ba'zi erkaklarga o'xshab o'g'lim yo'q, o'g'il tug'ib bermading deb hech gapirmagan ham. Yaxshi odam edi!

Shu gaplarni eshitdim-u, hammasini tushundim. Opaning turmush o'rtoqlari olamdan o'tgan.

— Ha, Allohning peshonamizga yozgan qadari. Siqilmang, opajon, hammasi yaxshi bo'ladi, — dedim-u, lekin ich-ichimdan ayolga achinib ketdim.

Orada ikkimiz ham biroz jim qoldik.

— Hammasiga o'zim aybdorman! — dedi-yu, ayol yig'lab yubordi.

-O'sha kuni bormasang nima bo'ladi, keyingi safar borarsan, desalar ham ketdim. Xo'jayinim ishdan har doimgidan boshqacha qaytdi. Ko'zlari qizargan, kayfiyatsiz, kunda eshikda tabassum bilan kirib keladigan erkakdan asar ham yo'q edi. Boshlig'idan gap eshitgandir-da dedim-u, e'tiborsizgina uy yumushlarim bilan ovora bo'ldim. Kechga borganda, opa-singillarim bilan Xorazmga aylangani borishga ruxsat so'radim. Xo'jayinim: “Shu safar bormasang nima bo'ladi, yonimda bo'l, bir oz mazam yo'q, dam olish kunlari o'zim qizlaring bilan aylantirib kelaman”, dedi. Ammo men noshud, unda jigarlarim bo'maydi, ular bilan aylanishning ham gashti bor dedim-u, qo'yarda-qo'ymay ruxsat olib ketdim. Ketdim, ammo ichimda qandaydir tovush bekor ketyapsan deyotgandi.

Xorazmga bordim ham, aylandim ham. Lekin ich-ichimda g'ashlik bor edi. Yuzim kular, lekin ichim qorong'u edi. Shu g'ashliklar bilan ikki kunlik safarni ham tugatib oldim. Yo'l bo'yi Toshkentga qaytganimda, birinchi qiladigan ishim xo'jaynimdan uzr so'rash bo'ladi, deb o'ylar edim. Nega keldim, nega xo'jaynimning gapiga quloq solmadim,biroz sabr qilib, oilam bilan kelsam nima bo'lar edi, singari savollar bilan o'zimni so'roq-savol qilar edim. Bir payt, telefonim jiringlab qoldi. O'sha payt qo'ng'iroqning ovozi har doimgidan balandroq va yoqimsizdek tuyulgani bois cho'chib tushdim. Ekranga qarasam, qizimning ismi chiqib turibdi. Xavotirimga xavotir qo'shilib qo'ng'iroqqa javob berdim. Qizim yig'i aralash titroq ovozda “ O-oyi, dadamni olib ketishdi! Oyi, dadamni doktorlar olib ketishdi!” deydi. O'sha tunda, men noshud xo'jayinimning gapiga quloq solmay sayohatga ketgan tunda, mening erim bilan so'nggi suhbatim ekan.

Ulgurmadim. Kelgunimcha joni uzilib bo'lgandi. Ularni qon bosimlari vaqti-vaqti bilan oshib turar edi. Bu safar ko'tara olmabdilar. Balkim, uyda o'tirib, dorilarini vaqtida berganimda hozir yonimda bo'larmidilar…

Men ularga itoatsizlik qildim, deya kuyunardi ayol. Ko'zlaridan sizib chiqayotgan yoshni to'xtatishga harakat qilsa ham to'xtamasdi. Go'yo bu ko'zyoshlar, unga berilgan bir umrlik jazodek edi.

Ha, xatolar kechiriladi, jarohatlar bitadi, ko'ngilsiz voqealar unutiladi, ammo ulardan qolgan izlar baribr ko'ngilning bir chekkasida pushaymonlik, armon ko'rinishida odamning umri oxirigacha qalbini o'rtab boraveradi.

Bu yog'i qiziq bo'ldi

Opajon siqilmang, Yaratganning bizga yuborgan har narsasida hikmat bor. Ikki qizingiz bor ekan. Yaqinda buvi bo'lar ekansiz, deya ayolni yupatgandek bo'ldim. Bozorga nabirangizga kiyim olgani kelgandirsiz, hoynahoy. Xohlasangiz men sizga sherik bo'laman. Boyagina yig'layotgan ayol, birdaniga sharaqlab kulib yubordi. Bir zum nima bo'layotganini anglamay qoldim. Hayron bo'lmang singlim, bu kulgu qanday kulgu ekanligini ham bilmayman. Balkim, o'zimni ustimdan o'zim kulayotgandirman. Ayolning gaplariga yana tushunmadim. Men bu yerga nabiram uchun bozor qilgani kelmadim, o'zimga kelinlik sarposi qilgani keldim. Bu yerda bo'lajak ovsinlarimni kutyapman. Hayratdan biroz dong qotdim. Ayolga nisbatan qalbimda uyg'ongan achinish, mexr hissini, bir onda nafrat egallagandek bo'ldi. Nima deyishni, qanday savol berishni bilmay qolgandim o'shanda.

-Hayotimda o'zim kutmagan voqealar bo'lib ketdi. Buning ham tarixi uzun singlim, – dedi ayol. Bu tarixni ham jon kulog'im bilan eshitardim-u, o'sha payt ayolning ovsinlari kelib kolgandi. Suhbatimiz chala koldi.

Ayol bilan xayrlashganimdan so'ng, biroz o'ylandim va uni ham tushunish mumkinligini anglab yetdim. Tashqi ko'rinish, yuzidagi tabassum har doim ham insonning baxtiyor ekanligini anglatavermaydi. Tashqaridan baxtiyor va g'amsiz ko'ringan insonning ham, bir dardi bo'ladi aslida. Har kimning ham, hammaga ko'rsatavermaydigan sirlar sandig'i bo'ladi, biz u sandiqda nima borligini bilmay
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »