Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 23:52
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
Library | Hikoyalar

AYBSIZ AYBDORLAR

Tags:aybsiz aybdorlar
Added:admin (08.03.2022 / 00:07)
Rating:rating 1803 article (0)
Reads:156
Comments:0
screenYangi qurilgan mahallaga ikkita qo'shni ko'chib kelishibdi. Ulardan birining uyida har kun urush janjal bo'larkan.
Ikkinchi qo'shni ittifoqda sokin yashar ekanlar.. Janjalkash oila ularga hasad qilar ekanlar.
Axiri urushqoq ayol eriga debdi:
– Boring kuzatingchi, nega ular hech urishmaydilar yoki urishsalar xam tashqariga eshittirishmaydilarmi?

Urushqoq ayolning eri berkinib, asta tinch oilani kuzata boshlabdi. Ayol yulakchaning polini yuvayotgan edi, biroq telefon qo'ng'irog'iga chalg'ib, oshxonaga kirib ketdi. Shu vaqt xojasi bir narsasini unutib ishdan birrovga uyiga shoshib keldi-yu yo'lakchada pollatta solingan chelakdagi suvni ag'darib yubordi. Hammayoq shalabbo bo'ldi.

Bu holatni poylab turgan qo'shni o'ziga dedi: “Ana endi tamom hammasi, hozir janjal bo'ladi!”

Shu vaqt ichkaridan oila bekasi yugurib chiqdi-da
– Uzr begim, men aybdorman. Chelakni beparvolik qilib oyoq ostida qoldiribman – desa.
Xojasi:
– Hechqisi yo'q, bekam, mening o'zim aybdorman. Oyoq ostiga qarashim kerak edi, – debdi.
Bu holatni ko'rgan janjalkash er uyiga mahzun holda qaytib keldi va janjalkash xotiniga dedi.
– Tushunarli, men hammasini tushundim! ULARNING UYIDA HAMMA “AYBDOR”LAR YaShAR EKANLAR! BIZNING UYIMIZDA ESA “AYBSIZ”LAR!!!
Download txt | fb2