
Shifokor Axbor A'zamov:
Bronxial astma – bu nafas yo'llarining surunkali yallig'lanishi bilan kechuvchi kasallik .
Sabablari;
– Chang, chekish;
– Nafas tizimi kasalliklari;
– Dori preparatlari;
– Irsiy moyillik, stress;
– Kasbga doir aloqadorlik;
– Ekologik vaziyat o'zgarishi.
Kasallikning belgilari:
– To'satdan nafas qisishi xuruji;
– Tez-tez yuzaki hushtaksimon nafas olish;
– Nafas chiqarishda yordamchi nafas mushaklarining ishtiroki;
– Quruq balg'amsiz yo'tal.
Davolash:
– Kasallikni qo'zg'atuvchi omillarni bartaraf qilish;
– Fizioterapiya;
– Nafas va suv mashqlari.
Dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilmang.