
Og'iz bo'shlig'i gigienasiga har kuni amal qilish lozim. Bu orqali turli kasalliklarni oldini olish va tishlarning uzoq vaqt xizmat qilishiga erishish mumkin.
Tishlarni har kuni 2 marta yuvish lozim;
-Tish tozalashda boshqalarning tish tozalash vositalaridan foydalanib bo'lmaydi;
-Tish tozalash vositalarini har 3 oyda va turli og'iz bo'shlig'i kasalliklaridan keyin almashtirib turish lozim;
-Tozalash vaqtida iliq suvdan foydalanish kerak;
-Yuqorida joylashgan tishlarni pastdan tepaga qarata tozalash lozim;
-Pastda joylashgan tishlarni esa yuqoridan pastga qarata tozalash kerak;
-Tozalash vaqtida oldin tishlarning ichki tomoni, keyin tashqi tomoni tozalanishi lozim;
-Tishlarni yuvgach, maxsus tish uchun iplar yordamida tish oralarini tozalash kerak. Bunda tish orasida yig'ilgan ovqat qoldiqlari tozalanadi.
-Bolalarni tishlarni o'z vaqtida yuvishga bolaligidan o'rgatish lozim.