Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:40
telegram
Library | Hikoyalar
1 2 3 Keyingi »

GAVHARINI ASRAGAN YIGIT (Hikoya)

Added:admin (27.10.2021 / 18:30)
Rating:rating 1718 article (0)
Reads:56
Comments:0
screenAvji saraton. Ko'p qavatli uylarning qosh qorayganda derazalari quyosh chiqishi bilan yopilib, qalin pardalari bekitiladi. Chunki quyosh bosh ko'targandayoq kun qizib, issiq havo lopillab ichkariga uradi. Erta tongdayoq bu ehtiyot choralari ko'rilmasa, kun bo'yi issiq tandirning ichida o'tirganday azobga qolish hech gapmas.

Mansur apil-tapil yuvinib, endi bir yoshni qoralayotgan o'g'ilchasi Murodning beshigi boshiga keldi. Go'dak miriqib uxlar, ora-sira uyqusida jilmayib qo'yardi.

— Tushida birovlar kuldiradi, shekilli, — shivirladi u xotini Manzuraga. — Qara, kulib qo'yyapti! Ishqilib…

Mansurning kayfiyati o'zgarib, biroz o'yga toldi. Keyin uxlayotganiga qaramay go'dakning qo'l-oyog'ini bo'shatib, shartta ko'tarib oldi-da, bag'riga bosdi.
— Voy, bu nima qilganingiz? — bezovtalanib pichirladi Manzura. — Uyg'otib yuborasiz-ku!..

Xotinining gaplari Mansurning qulog'iga kirmas, xuddi bolasidan ajralib qoladiganday go'dakni qo'lidan qo'ygisi kelmasdi.

— Yo'-o'q! — dedi u ovozini xiyla ko'tarib. — Men seni hech qachon tashlab ketolmayman… Shunday shirin bolani-ya?.. Sen uchun jonimni bersam beramanki, tashlab ketmayman!..

— Qayoqdagi gaplarni gapirasiz-a? — dedi Manzura qoshlari chimirilib. — Ja sog'insangiz ishga opketa qoling!..

Mansur xotiniga o'ychan qarab qo'ydi-da, afsuslanganday boshini chayqagancha go'dakni joyiga yotqizdi.

— Kechir, g'alati tushlar ko'ribman. Shunga… Ko'nglim buzilib ketdi.

***

Jurnalistning noni qattiq. Ertalabdan qog'ozga ko'milganicha shomga borib boshini ko'taradi. Vaqtning selday guldirab o'tib ketganini payqamaydi ham.

Bugun Mansurning ishga qo'li bormadi. Sababini o'zi ham tushunmaydi. Ertalab xotiniga g'alati tush ko'ribman, degani shunchaki og'ziga kelib qolgan gap edi. Aslida…

Bir hafta burun ishga kelgan yangi xodima Hosila uning tinchini o'g'irlab qo'ydi. Ozg'ingina, oq-sariqdan kelgan, sochlarini yoyib yuradigan bu xodima boshqalarga o'xshab yuz-ko'zlariga bo'yoq chaplamasa-da, go'zalligi bir qarashda har qanday yigitning yuragiga cho'g' soladi.

“Qiziq, — ko'nglida kechayotgan tuyg'ularni tushunolmay o'ylardi Mansur, — uylangan bo'lsam, farzandim bor. Nega endi uni ko'rdim-u, tinchimni yo'qotdim? Xuddi farzandimni, es-hushli, uyim-joyim deydigan xotinimdan ajralib qolayotganday bezovtaman? Yo'-o'q, o'zimni qo'lga olishim kerak. Axir, yoshim o'ttizdan oshgan bo'lsa. Kim qo'yibdi menday bola-chaqali odamga qizlarga ko'z suzishni! Bunday xayollarni boshdan quvish kerak…”

Shu payt eshik “g'iyq” etib ochildi-yu, ostonada qo'lida choynak ko'targan Hosila paydo bo'ldi… Beixtiyor o'rnidan turib ketgan Mansurning hozirgina xayolida charx urayotgan o'ylari havoga uchdi. U shaxdam qadam tashlab qizga peshvoz chiqdi.

— Keling, Hosilaxon, qaysi shamollar uchirdi bizning xonalarga?..

— Choy so'raganmidingiz? Ko'k choy…

— H-ha, ha… Rahmat… To'g'risi, kutmagandim… Qani, mana buyoqqa qo'ya qoling!.. Keling… O'tiring…

Hosila choynakni stol ustiga qo'yib, o'rindiqqa omonatgina o'tirdi…

Bu orada Mansur uning etagi uzun yubkasiga, sharsharadek yoyilib tushgan tim qora sochlariga o'g'rincha qarab ulgurgandi…

— O'rganib qoldingizmi bizning ishxonaga? — so'radi u o'rtadagi noqulaylikni yo'qotishga urinib. — O'qdimi sizga?

— Ha, — kuldi Hosila. — chidasa bo'ladi.

— Shunaqa deng? Kotibalikning ham o'ziga yarasha tashvishi bor, biroq hali ko'nikib ketasiz.

— Siz… Muxbir bo'lib ishlaysizmi bu yerda?

— Shunaqa desayam bo'ladi. Ishimiz yozish-chizish… Boshqa nimayam qilardik? Kechirasiz… Bir narsa so'rasam maylimi?..

— Mayli.

— Turmushga chiqqanmisiz?..

Hosilaning boshi egilganini ko'rib, Mansur nojoiz savol berib qo'yganidan xijolat tortdi. Ammo… Bilgisi kelayotgandi, hayajonini yashirolmadi.

U qizning yuzlariga o'g'rincha boqdi. Hosila javob berishga shaylanayotgandek lablarini qimtib qo'ydi. Keyin shikasta tovushda:

— Chiqqandim, — dedi. — Ajrashib ketganmiz…

— Siz-a?..

— Ha, men. Nima mening boshqalardan ortiq joyim bormi? — o'zini majburlaganday dardli jilmaydi u. — Peshonamga yozilgani shu ekan…

— O'sha yigitning o'rnida bo'lganimda… Siz bilan hech ham ajrashmagan bo'lardim…

Bu gap og'zidan qanday chiqib ketdi, Mansurning o'zi ham payqamay qoldi.

Hosila yalt etib uning ko'zlariga boqdi.

— Uylanganmisiz o'zingiz?

— M-menmi?.. H-ha… Bir o'g'lim bor.

— Demak, baxtli odam ekansiz…

Mansur gap topolmay qoldi. O'zini o'nglab, og'zini juftlaguncha qiz xonani tark etgandi.

***

— Bugun sizni kuzatib qo'ysam maylimi? — dedi ertasi kuni ikki o't orasida qolgan Mansur qizga niyatini oshkora qilishni ko'ngliga tugib. — Ishoning, keyingi kunlarda o'zimga nima bo'layotganini bilolmay qoldim. Tunu kun faqat siz. Ko'zimga boshqa hech kim ko'rinmay qo'ydi…

— Qo'ying, Mansur aka, — dedi Hosila chuqur xo'rsinib, — oilangiz, farzandingiz bor. Yaxshimas…

— M-men… Meni to'g'ri tushuning… Sizga yomonlik qilmoqchi emasman. Faqat… Kuzatib qo'ysam bo'ldi, ikki og'iz gaplashsam… Boshqa hech narsa kerakmas…

— Yo'q, men istamayman!

— Nega?

— Boshim ochiqligini bilib shunday deyapsizmi?.. Umuman, erkaklarning hammasi bir go'r. O'lg'izligingni sezishdimi, aylantirmoqchi bo'lishadi. Aslida maqsadi… bir marta bo'lsayam shu ayolga yetish.

— Shunaqa deng. Nahotki, meniyam o'sha erkaklar qatoriga qo'shsangiz?

— Bilmadim… Bilmadim… Qo'ying, bu haqda gaplashmaylik!..

— Mayli. Ammo bilib qo'ying, kuzatib qo'yishimni istamasangiz ham baribir orqangizdan dumga o'xsha-ab sudralib ketaveraman…

Hosila kulib yubordi. Uning jarangdor, beg'ubor kulgisi Mansurning yuragini o'rtab yubordi.

***

Odam bolasining tabiati g'alati: bir-biriga yaqinlashgani sayin oradagi ayriliq jari kengayib boraveradi —asta-sekin bir-biridan beza boradi. Shunda oldin bilinmagan nuqsonlari suv yuzidagi po'kakka o'xshab ko'rinib qoladi, hamrohining g'ashiga tega boshlaydi.

Mansur Hosilani kuzatib qo'ya boshlaganiga ham ikki haftacha bo'ldi. Suhbatlashib ketarkan, uning husniga o'g'rincha tikilib to'ymaydi. Nazarida Hosila tobora ochilib farishtaga aylanib borayotganday tuyiladi. Nihoyat ehtirosi junbushga kelgan Mansur o'zini tutolmadi:

— Men sizni sevib qoldim, Hosila! — dedi u joniqib va Hosilaning bilagidan tutib o'ziga tortdi. — Ortiq chidolmayman. Keling, meni ko'p qiynamang!.. O'lib ketmay sizga zor bo'lib!..

Hosila bir zarb bilan qo'lini tortib oldi, ko'zlariga yosh quyilib keldi:

— Siz… Siz meni kim deb o'ylovdingiz?.. Hali maqsadingiz shumidi?

Mansur kalovlanib qoldi. U savqitabiiy bilan qo'liga ixtiyor berib qo'yganini payqab:

— Kechiring, men bilmay qoldim! — dedi afsuslanib. — O'lay agar, bilmay qoldim!.. Kechiring!..

Hosila sumkachasidan ro'molchasini oldi-da, ko'z yoshlarini artdi.

— Boshida aytgandim-ku, erkaklarning hammasi bir go'r deb!..

— Yo'q, aslo undaymas!.. Men boshqa odamman. Faqat xafa bo'lmang!.. Ikkinchi qaytarilmaydi…

Hosila xo'rsindi.

— To'g'risini aytsam, Mansur aka, o'zim ham hayronman. Negadir siz to'g'ringizda o'ylagim,
Download txt | fb2
1 2 3 Keyingi »