Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:24
telegram
Library | Hikoyalar

Allohning har ishida hikmat bor!

Added:admin (27.10.2021 / 18:28)
Rating:rating 1717 article (0)
Reads:39
Comments:0
screenBir kuni katta bir kema dengizda halokatga uchradi. Ichidagi odamlardan faqat bir kishigina omon qoldi. U katta bir yog'och bo'lagiga osilgan holda yaqin atrofdagi kimsasiz orolga yetib oldi. U orolda yashar ekan, har kuni: Allohdan qutqarishini so'rab, iltijo qildi. So'ngra o'zi uchun bir boshpacha qurib oldi.



Bir kuni boshpanasini chaqmoq urib, yonib kul bo'ldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, uyi yonib bo'lgan, tutuni ko'kka bo'y cho'zib yotardi…
O'tirib yig'lab yubordi va shu ko'yi bir daraxtga suyanib uxlab qolibdi. Ertalab uni kemaning qattiq bongi uyg'otib yubordi. Ko'zini ochsa, qirg'oqda katta kema turar, odamlar tushib uni olib ketishga u tomon qarab yurib kelishardi.

 

Kemachilardan qanday qilib uni topib kelishganligini so'radi. Shunda ular: “Biz orolga yaqin masofadan o'tib ketayotganimizda bu yerdan chiqayotgan tutunni ko'rdik. Demak, orolda kimdir bor va bizga tutun bilan belgi beryapti, deb bu tomonga suzib keldik” deb javob qildi.

Biz ba'zida Allohning yuborganini baxtsizlik deb bilamiz, biroq u aslida najot bo'lishi mumkin!
Download txt | fb2