Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:48
telegram
Library | Hikoyalar

Til balosi

Added:admin (27.10.2021 / 18:25)
Rating:rating 1716 article (0)
Reads:33
Comments:0
screenBir kuni arslon yoniga qo'yni chaqirib:

– Yaqinroq kel-chi, og'zimdan yomon hid kelmayaptimikin? – debdi. Qo'y farosatsizlik qilibdi.

– Ha, arslonim, og'zingiz sasiyapti. Nima yegandingiz? – debdi. Arslonning jahli chiqib, qo'yni parchalab tashlabdi. Hovuridan tushgandan keyin, yoniga ayiqni chaqirib, unga xam ayni savolni beribdi.

– Sizdan yomon hid kelarmidi, arslonim! – debdi ayiq yaltoqlik bilan. – Arslonning hidi kelyapti sizdan!

Arslonga uning bu xushomadi yoqmabdi, «Ayiqqa yarashmaydigan gap qilding, la'nati!» – deya, rosa ta'zirini beribdi.

 

Navbat tulkiga kelibdi. Oldingilarning oqibatini bir chetda kuzatib turgan tulki arslonning oldiga xastaga o'xshab, yolg'ondakam yo'talib kelibdi. Arslon unga xam o'sha savolni beribdi.

– Meni ma'zur tuting, arslon janoblari! – debdi tulki mo'ltirab. – Necha kunki mazam yo'q, shamollab qolibman. Burnim xam bitib qolgan, hid bilmayapman…

 

Arslon uning boshini silab, sog'lik tilab, qo'yvoribdi. Voqealarni kuzatib turgan bo'ri tulkining yoniga kelib:

– Yomon ayyorsan-da, – debdi ta'na bilan.

– Balki ayyordirman, – debdi tulki. – ammo ahmoq emasman. Faqat ahmoqlargina og'zi sasib, quturib turgan vahshiyga haqiqatni aytsam yoki yaltoqlik qilsam, omonda bo'laman, deb o'ylaydi.
Download txt | fb2