Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:56
telegram
Library | Hikoyalar

Muvaffaqiyatning siri nimada

Added:admin (27.10.2021 / 18:22)
Rating:rating 1714 article (0)
Reads:23
Comments:0
screenBir yigit Suqrotdan muvaffaqiyatning siri nimada ekanligini so'rabdi. Suqrot unga ertasi kuni daryo bo'yiga kelishini, savoliga o'sha yerda javob berishini aytibdi.

Ertasiga ertalab yigit daryo bo'yiga kelibdi. Suqrot undan daryoga tushishni so'rabdi. Birga daryoga tushibdilar. Suv bo'yinlariga yetganda, kutilmaganda Suqrot yigitning boshini suvga bosibdi. Yigit suvdan chiqishga qanchalik harakat qilmasin, Suqrot kuchli edi. Suqrot yigitni ko'karib ketgunicha suvda ushlab turibdi, keyin suvdan chiqarib olibdi. Suqrot so'rabdi:
– Boshingni suvda tutib turgan paytim eng ko'p nimani xohlading?

Yigit javob beribdi
– Havoni…
Shunda Suqrot shunday debdi:
– Muvaffaqiyatning siri mana shunda. Qachonki sen muvaffaqiyatni suv tubida havoni xohlaganingchalik xohlasang, shunda unga erishasan. Bundan boshqa sir yo'q.
Download txt | fb2