Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:35
telegram
Library | Hikoyalar

Ha, nomard qo'y berding arqonini ham bersang o'lasanmi!?

Added:admin (27.10.2021 / 18:19)
Rating:rating 1713 article (1)
Reads:29
Comments:0
screenQadimda bir saxiy boy yashagan ekan. U butun qishloqqa osh beribdi. Ayni qiyinchilik paytida bo'lgani uchun odamlar xursand, boyni rosa maqtabdilar. Boyning yanada saxiyligi tutib, ziyofat yakunida har bir insonga bittadan qo'y beribdi. Odamlar boydam minnatdor bo'lib tarqalishibdi. Boy hozir odamlar meni rosa maqtashayotgandir, saxiy boy, yaxshi inson, deb duo qilishyotgandir, o'ylabdi va xizmatkoriga, bildirmay ketayotgan odamlarning orasiga qo'shilib, ular o'zi haqida nimalar deyishayotganini bilib kelishni tayinlabdi. Boyning xizmatkori boy aytganday qo'y yetaklab ketayotgan bir gala odamlar orasiga qo'shilib olibdi. Shunda odamlardan biri: “Shu boy yaxshi odamu, ammo o'lgiday xasis-da, ha, nomard qo'y berding arqonini ham bersang o'lasanmi!?” desa, ikkinchisi, “Xasis bo'lmay o'la” degan ekan…
Download txt | fb2