Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:24
telegram
Library | Hikoyalar

«Baqqolning gunohlarini o'z yelkangga olib, do'zaxni o'zingga tayin qilib qo'yding…»

Added:admin (27.10.2021 / 18:16)
Rating:rating 1711 article (0)
Reads:30
Comments:0
screenBir odam yo'lda ketayotib, dehqonga duch kelibdi. Dehqon so'rab qolibdi:
– Yo'l bo'lsin.
– Sigirimga yem olmoqchiman, shu tarafda bir baqqol bor ekan, shuning do'koniga ketyapman.
– Shunaqami? Unday bo'lsa, ehtiyot bo'l, aldanib qolma!
– Meni hech kim alday olmaydi!
– Men aytdim-qo'ydim-da…

U odam baqqolning do'koniga yetib kelibdi. Salom-alikdan so'ng, yemning narxini so'rabdi. “Falon narx”, – debdi baqqol.
– Yaxshi, menga o'n kilo bersangiz.
Baqqol o'tirgan joyidan qo'zg'almabdi. Qo'li bilan do'konning orqa tomoniga erinibgina ishora qilib:
– O'sha yoqqa o'tib, yemdan keragini olgin-da, menga pulini to'lab ketaver. Yem to'kib qo'yilgan joyda tarozi ham bor, – debdi.

Xaridor ko'rsatilgan tarafga o'tib, xaltasini taroziga qo'yib, yem sola boshlabdi, o'n kilo bo'lgandan keyin qarasa, atrofda hech kim yo'q, baqqol o'tirgan joydan bu taraf ko'rinmaydi ham. Odam xaltasiga to'rt-besh kilo ortiqcha yem solibdi va baqqolga o'n kilo yem uchun pul to'lab, uni aldabdi. Chiqib, o'z yo'liga ketibdi. Yo'lda yana boyagi dehqonni uchratibdi.
– Yem oldingmi? – so'rabdi dehqon.
– Ha, oldim. Siz aldanib qolma, degandingiz. Baqqolingiz aldashni eplaydigan odam emas-ku, bir joyda mudrab o'tiribdi. Qaytaga men uni bopladim, to'rt-besh kilo ortiqcha yem oldim, sezgani ham yo'q…

Dehqon bu odamning yuziga achinish bilan boqib, boshini sarak-sarak qilibdi:
– Men senga aytgandim-a, aldanib qolishdan ehtiyot bo'l, degandim-a! Afsus… Aslida sen aldanding! Arzimagan 4-5 kilo yem uchun xayr-barakangni qo'ldan boy berding, baqqolning gunohlarini o'z yelkangga olib, do'zaxni o'zingga tayin qilib qo'yding…
Download txt | fb2