logotip
Hi, Guest!
Soat: 15:15
LoginA'zo bo'lish
Library | She`rlar

ASTA U TOMON QARAYMAN

Added:OshiqYigit (08.04.2018 / 02:06)
Rating:rating 1144 article (0)
Reads:391
Comments:0
Bunchalar u nafis bo'lmasa,
Meni ado qilib qo'ymasa,
Faqat buni o'zi bilmasa,
Asta u tomon qarayman.

Chamandagi gullar hayrondur,
Usiz hatto bog'lar vayrondur,
Muhabbatsiz ishq armondur,
Asta u tomon qarayman.

Nigohida ma`no yashirin,
Samoda oy bo'ldiku to'lin,
Topolmayin ko'ngil sirin,
Asta u tomon qarayman.

Hurmi bu yo gulmikan deya,
Ayting qaydan kelgan u deya,
Yo Alloh bu kim ekan deya,
Asta u tomon qarayman.

Ishqsiz oshiq hayoti shu,
Dartlarimning davosi bu,
Kimlar ne desa ham shu!
Asta u tomon qarayman.

She'r muallifi: Sardor Rahmon
Download txt | fb2