logotip
Hi, Guest!
Soat: 06:55
LoginA'zo bo'lish
SAYTDAN QIDIRISH
Library | Foydali va qiziqarli

Sizni rom etish qanchalar onson? (Sinab Ko'ramiz)

Added:(ZAKIY)*(1999) (19.04.2019 / 18:19)
Rating:rating 1492 article (0)
Reads:541
Comments:0
Ushbu
test
ayollarga mo'ljallangan, lekin
gap faqat muhabbat haqida
emas. Es-xushungizni boshqa
narsalar ham olib qo'yishi,
birovning xohishiga yoki
istagiga tez ko'nishingiz
mumkinmi? Boshqa ayollar
sizda bo'lmagan yoki
siznikidan yaxshiroq bo'lgan
biror narsani ko'rsangiz,
imkoniyatingizdan qat'iy nazar
o'sha narsa sizda bo'lishiga
ham urinasizmi? Buni quyidagi
test savollariga javob berib,
bilib olishingiz
mumkin.Testdan o'zingizga
ma'qul bo'lgan javobni
belgilang.
1. O'zish uchun parxezda
edingiz. Do'stlaringiz
restoranga taklif qilishdi. Siz:
a) taklifni qabul qilasiz:
b) kun bo'yi hech narsa yemay,
restoranda ham mezbonlarni
hafa qilmaslik uchungina ozroq
ovqat yeysiz:
v) chin dildan rahmat aytib,
taklifni rad etasiz.
2. Dugonangiz siz orzu qilgan
ko'ylakdan sotayapti, lekin
sizda pul yo'q. Nima qilasiz:
a) maosh olgandan so'ng
ko'ylak sotib olasiz:
b) pul yiqquningizgacha
ko'ylakni sotib qo'ymasligini
dugonangizdan so'raysiz:
v) biror yerdan yetarli pulni
qarz olishni o'ylaysiz:
3. Faraz qiling, bir necha yillar
pul yig'ib olgan
mashinangizni qishloqqa
borib kelish uchun
dugonangiz so'rab qoldi.
Qanday yo'l tutasiz?
a) hech kimga uni
bermasligingiz haqida
o'zingizga o'zingiz qasam
ichganligingizni unga samimiy
bildirasiz;
b) mashinam buzuq deysiz;
v) mashinani berib yuborasiz
4. Oyingizning mehmonga
kiyib bormoqchi bo'lgan
kiyimini bichib-tikishga
yordam berishni
zimmangizga olgan edingiz.
Dugonangiz telefon qilib sizni
qiziq narsaga taklif qildi. Siz:
a) zarur ishimni bitirib
boraman deysiz;
b) oyingizga bergan
va'dangizni bajarasiz;
v) oyingizdan bu ishni o'zi
uddalashini so'raysiz.
5. Muzeydagi ko'rgazmaning
ochilishida yaxshi bir odam
bilan tanishdingiz. U yerda
erkin gaplasha olmaganingiz
uchun u sizni yo'lning narigi
tomonidagi uyiga taklif qildi:
a) siz buni ajoyib fikr deb
topasiz;
b) ertaga qaxvaxonada
uchrashishni taklif qilasiz:
v) uning fikrini buzuq
ekanligini aytib, sovuq
hayrlashasiz.
6. Bir bellashuvda asosiy
yutuqni yutdingiz. Nimani
tanlaysiz:
a) tog'li dam olish maskanida
ikki haftalik hordiq;
b) naqd pul mukofoti;
v) mobil telefon, elektr choynak
va h.k.
7. Tunda qanday kiyimda
uxlashni yoqtirasiz?
a) tungi ko'ylak;
b) pijama;
v) kiyimsiz.
8. Eringiz (yigitingiz) vaqti-
vaqti bilan sizga gul sovg'a
qiladi. Sizga qanday gul
yoqadi:
a) atirgul;
b) binafsha;
v) orxideya.
9. Yulduzlar bashoratiga
ishonasizmi?
a) xa;
b) yo'q, chunki bu be'manilik;
v) bashorat ijobiy bo'lsa,
ishonaman.
10. Bozorga borib ko'p narsa
sotib oldingiz. Uyga qaytishga
esa pulingiz qolmabdi. Siz:
a) avtobusda ketasiz;
b) piyoda qaytasiz;
v) notanish biror kishidan qarz
so'rab turasiz.
11. Siz shaharning mashxur
sartaroshxonasida
sochingizni turmaklatdingiz.
Yaqin dugonangiz esa
sochingiz sizni qari
ko'rsatayapti dedi, siz:
a) darxol sochingizni
o'zgartirasiz;
b) bu tanqidga e'tibor
bermaslikka harakat qilasiz;
v) biror narsa qilishdan oldin
boshqalarning hamfikrini
bilasiz.
12. Sumkachangizni ichi
qanaqa:
a) tartibli, har narsaning o'z
joyi bor;
b) biroz tartibsiz;
v) hamma narsa aralash-
quralash.
Quyidagi yordamida to'plagan
ballaringizni hisoblang. Ta'rif :
(a-3) - bunda 3 raqami 3 ballni
bildiradi.
1-savol > a-3, b-2, v-1
2-savol > a-2, b-1, v-3
3-savol > a-1, b-2, v-3
4-savol > a-2, b-1, v-3
5-savol > a-3, b-2, v-1
6-savol > a-3, b-1, v-2
7-savol > a-2, b-1, v-3
8-savol > a-3, b-2, v-1
9-savol > a-2, b-1, v-3
10-savol > a-3, b-1, v-2
11-savol > a-3, b-1, v-2
12-savol > a-1, b-2, v-3
NATIJALAR:
12-19 ball. Siz nima
hohlashingizni va nimani
hohlamasligingizni juda yaxshi
bilasiz. Siz qat''iytamoyil
qarashlarga egasiz va ulardan
chekinmaysiz. Bu bir tomondan
yaxshi, chunki hatoga yo'l
qo'ymaysiz. Boshqa tomondan
esa bunday narsalarga jiddiy
qarab, ularni qattiqqo'llik bilan
baholab, yashash og'ir. Buning
natijasida siz yoqimli,
kutilmagan sovg'alardan, ya'ni
hayot quvonchlaridan mahrum
bo'lib qolasiz. Xavf haqida
o'ylamay, hamma narsaga
havas bilan qarang.
20-28 ball. Ba'zan indamas
odamdek tasavvur uyg'otasiz,
keyin esa kutilmagan kuchli
hissiyotlarni namoyon qilasiz.
Agar aql va hissiyotdan birini
tanlash kerak bo'lsa, doim aql
yengib chiqadi. Hech qachon
es-hushingizni yo'qotar
darajada hayajonlanmaysiz. Siz
bilan munosabat o'rnatmoqchi
bo'lgan odam sabrli bo'lishi
kerak. Sizni faqat "aql" orqali
ishontirish mumkin.
Vaqtinchalik tanishlarni
yoqtirmaysiz, ularga e'tibor
bermaysiz. Haqiqiy buyuk
do'stlikni va muhabbatni
qadrlaysiz.
29-36 ball. Hayotning barcha
huzur-halovatlaridan
foydalanib, unga o'yindek
munosabatda bo'lishni yaxshi
ko'rasiz. Agar kimdur bu
o'yinga qo'shilmasa, undan
hafa bo'lasiz. Siz hamma uchun
yoqimli, iltifotli va samimiysiz,
biroq o'z do'stlaringizdan ular
hohlagandan tezroq ajralasiz.
O'ta xissiyotlisiz - bir qarasa
yettinchi osmondasiz, keyin esa
birdan noxushliklardan chuqur
g'amga botasiz. Siz
voqeliklarga to'g'ri baho
berishni o'rganishingiz kerak,
aks holda, yo'qotilgan baxtni
topishga qiynalasiz.
Download txt | fb2