Bu yerda Enga Yaxshi She'r TANLOVI o'tkaziladi userlar she'r yozadi eng yaxshi she'r egasi taqdirlanadi
bir user faqat 1ta She'r yozishi mumkin shuning uchun o'ylanib yozing. Tanlov ochiq deb e'lon qilaman
Endi har hafta shunday tanlov bo'ladi qani olg'a
Tugash vaqti 21.05.2017 21:00
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Dunyoda g'am tashvish kelganda ustun,
Hayot berganini qayta olarkan.
Hech kimim yo'q deya yig'lasang bexun,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Sen deya o'zini o'tlarga urib,
Tirilsang tirilib senla o'larkan.
Senga termulgancha xayollar surib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Nochor kunlaringda yeyishga non yo'q,
Hatto ayoling ham yuzin burarkan.
O'ylama u zotning nafsdan ko'zi to'q,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
G'am kelsa qo'sha kelgani kabi,
Bog'ingda ungan guling so'larkan.
Shu gulni qaytadan undirib berib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Yana yozadiganlar bormi
Doimiy ustuning ham bir kun qularkan, Bir tomchi yosh bilan ko'zlar to'larkan, Odamzot bariga chidarkan ammo ,Orzusi ushalmasa alam qilarkan! Boyvachcha bahtini pulga o'lcharkan,Faqirchi chorasiz ,baxtsiz bo'larkan,Odamzot bariga chidarkan ammo ,Orzusi ushalmasa alam qilarkan.Hayotda kutilmagan ishlar bo'larkan,Hayotingizdan do'stlar mamnun bo'larkan.Xursandlikdan dunyoga sig'maganingizda ,Sevganingiz tushunmasa alam qilarkan. Yillar ham o'tarkan,odam o'larkan,Qachondir porlagan yulduz so'narkan,Odamzod Xudodan umr so'rarkan, Orzusi ushalmasa alam qilarkan!
1 O'rin Farishtam
2 O'rin S_one
hozircha jadval shu
Top 3 talikka mukofot beriladi aytib qo'yay
Bo'larkan hayotda sevmay yashasa, Armon neligi bilmay yashasa. Barcha alamlarni jarlikga otib, Yurakning aytganin qilmay yashasa. Bo'larkan ko'z yoshlar to'kmay yashasa, Hijron daryosiga cho'kma yashasa. O'tmishga ko'z yumib ortga boqmasdan, Beshavqat taqdirni so'kmay yashasa. Bo'larkan g'ururdan kechmay yashasa, Sog'inch sharbatidan ichmay yashasa. Xudbinlik qasriga qamalib olib, Hidoyat eshigin ochmay yashasa. Bo'larkan yuraksiz qalbsiz yashasa, Ko'ngilda zarracha dardsiz yashasa. Dunyodan bexabar iymondan ayro
Baxtga intilmasdan BAXTLI yashasa!
Yashayapman sizdan baxtiyor.
Men yomonman siz bo'ling yaxshi
Men qoraman siz esa oppoq
Yovvoyilik felimning naqshi
Siz farishta men bo'lsam axmoq
Sizda ayb yo'q menman gunoxkor
Siz aqilli menchi besavod
Men xunikman sizchi betakror
Menga zaxar siz iching novvot
Men yig'layman siz kuling mayli
Mazax qiling sizda ixtiyor
Qo'l-oyoq but shukurim tufayli
Yashayapman sizdan baxtiyor...
Mayli chaplang yuzlarimga loy
Borar joyim shul ona tuproq
Men yer bo'lay siz ko'kdagi oy
Vaqti kelsa tusharsiz biroq
O'tar yolg'on hayot karvoni
Ketaverar sizsiz ham mensiz
Omonatdir insonning joni
Olinmayin topshiray unsiz...
Kiprigimda qalqib turar ko'z yowim,endi mudom sonar mexr quyowim.KUndan kunga tugab borar bardowim,UNITSAYDIM SIZNI UNITOLMAYMAN
MÉNÌNG 6smonimda yulduz edingiz,OFTOBI kuydirgan kundiz edingiz.Muxabat b6g'ida tengsiz edìngiz,UNIT7AYDIM SIZNI UNITOLMAYMAn
Xayr endi 6rzularì ösm6nim mening,xayr endi sevgisi yolg'onim menìng,xayr endi wiringina armonim mening,
UNITSAYDIM SIZNI UNITOLMAYMAN
shirin shirin suxbatlar qurin avval ona mehriga toyinhDunyo iwin Bir cetga surib Onangizni bir yoqlab qoying Bewik qucub tunlari bedor Siz ucun qalbi chekib ozor Balki qumsab qolgandr diydor Onangizni bir yoqlab qoying Xasta kongli armonlarga boy Yolaringiz kutar tunu oy Sogingandr szni hoy na hoy Onangizni bir yoqlab qoying Xolin sorab kelmas bir kiwi Bir hil otar bohoru qshi Tugamaydi bu dunyo iwi Onangizni bir yoqlab qoying Dunyo asli bir koxna bozor Kim kimga zor Kim kimdan bezor Yolgizlikdan chekmasin ozor onangizni bir yoqlab qoying Orzu songan oxx ozor bilan otar umri yarim joon bilan Hec bolmasa bitta non bilan ONANGIZNI BIR YOQLAB QOYING PADARI BUZRUKBORLARIMIZ VA VALIDALARIMIZNI ASRAYLIK ULARDAN MEHRu etiborimizni ayamaylik
qarselar
kmga
sizga
rahmat
arzisiz sizham sheringiz
Dardmga dasturxon bo'ldi bu dunyo,
Gulim nigohingga boqolmayapman.
Hamma yaxshilikni ko'rdimku ravo,
Nega umidimni uzolmayapman?
Qancha go'zallikdan voz kechdim ba'zan
Sendan nima uchun kecholmayapman?
Yana choralarni izlay ayt qaydan?
Mega umidimni uzolmayapman?
Intizor ko'zlarim yoshsiz yuvildi,
Qalbimdan armonni quvolmayapman.
Bugun yolg'zligim yomon sezildi,
Nega umidimni uzolmayapman?
Bardoshim sinib ketgani qachon,
Sabrim siniqlarin tiklolmayapman.
Sog'inyapman to'g'risi har on,
Nega umidimni uzolmayapman?
Tunda ko'zlarimga uyqu begona,
O'z qadrimni bilolmayapman.
Ko'nglim qurg'ur sensiz g'amxona,
Nega umidimni uzolmayapman?
Eslayman esimda senla lahzalar,
Ularni yodimdan o'chirmayapman.
Senga ko'z tikdimi o'zga o'zgalar,
Nega umidimni uzolmayapman?
Qayerda xato qildim qayerda adashdim?
Ayt aybimni bilomayapman?
Balki seni tanlab qattiq adashdim..
Nega umidimni uzolmayapman?
Xudoga tavakkal endi hayotim,
Sensiz yashamoqni jim o'tkazyapman.
Menga nasib etmagan gulim,
Nega umidimni uzolmayapman???
1-Farishtam
2-S_one
3-jasurbek9
Shular g'olib bo'ldi
Keyingi tanlov shanba kuni
ИТОАТ
“Мен сафарга кетяпман хотин,
Рухсатимсиз чиқма кўчага.”
“Хўп бўлади”- деди аёл жим,
Хотиржамлик чўкди ўртага.
Икки кунча ўтиб орадан,
Тақиллади дарвоза секин.
“Ким у”- аёл сўради ундан
“Мен отанинг дўстиман қизим
Отанг бетоб ётибди уйда,
Шуни сенга айтгани келдим.”
Аёл деди, титроқ, куйда:
“Шифо берсин яхшиям билдим
Боролмайман лекин минг афсус,
Эрим кетган олис сафарга.
Чиқма деган кўчага эссиз,
Келса бориб келамиз бирга.”
Икки соат ўтмасдан яна
Тақиллади дарвоза қаттиқ
“Ким у” – аёл деди баралла
“Укангизман” – гапирди аччиқ
“Отам бироз оғир аҳволда,
Сизни сўраб кутяпти ҳалак.
Падарингиз ахир ҳар холда,
Тош эмасдур сиздаги юрак!”
“Укажоним, хато ўйлама,
Поччанг келсин сафардан қайтиб.
Ҳеч қаерга чиқма деганда,
Шифо берсин, бориб қўй айтиб.”
Ука кетди, қайтиб ортига,
Опа бироз сиқилди, ёнди.
Алам қилди кетолмай бирга,
Садоқати туфайли қолди.
Икки кундан кейин дарвоза
Тақилларди, яқинроқ тушга
Аёл кўнгли ўртаниб роса
Улгурмади ким у дейишга
“Опа, отам қилдилар қазо
Босмадингиз бир бора қадам
Аёл йиғлаб дерди: Эй, Худо
Жаннатларга кирсинлар дадам.
Ҳеч нарсани ўйламай аёл,
Дарвозадан чиқмоқчи бўлди.
Шу пайт кетди эрига ҳаёл,
Чорам йўқ деб, ерга йиқилди.
Ука жахл қилди-ю, қайтди,
Тушунмасдан опани бир зум
Шундай бўлган замон у пайти
Телефонлар бўлмаган удум.
Уч кун ўтиб, сафардаги эр,
Қайтиб келди соғу-саломат.
Воқеани тинглаб эри дер:
Бормабсан-да, аттанг ўша пайт
“Гапингизни ерда қолдирсам,
Гунохидан қўрқаман буни.
Индамасдан билганим қилсам,
Қийналаман охират куни.”
Йиғлаганча ухлади аёл,
Тушга кирди ўлган отаси.
Унга кулиб қўйдида хиёл:
“Қизим, яхши деди ҳаммаси.
Бир амалинг ёқиб Худога,
Аллоҳ менга мукофот берди.
Итоатгўй бўлгандинг эрга,
Жаннатиймиз хаммамиз энди.
Қара, жаннат рўйхатларида:
Онанг, уканг, эринг ва ўзинг.
Қариндошлар жамдур барида,
Олдимда ҳам ёруғдир юзинг.
Қай ҳолатда ўлса хам бари,
Жаннатларга бўлар мушарраф.
Севинтирди жон қизим мани,
Сенинг отанг эканим шараф.”
Сесканди-да уйғониб бирдан,
Сўзлаб берди онага тушин.
Она деди: “Бу ишин чиндан,
Тахсинларга арзиркан қизим.”
Nega hech kim she'r yozmayapti
Dunyaga kelib sevaman seni Deyolmasam sendan ozgani Agar taqdir qizgansa mendan seni shu kundan boshla olgan deb meni
QOYIL SHOIRLAR KO'P EKAN MEN HAM YOZARDIM ESIMDA YO'Q