Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:21
telegram
E'tirozga o'rin yo'q! BAA bosh inspektori Interpol prezidenti etib saylandi

 25 NOYABR, 14:20 9

.

Avvalroq Nosir al-Raysiga nisbatan "qiynoqqa solish" ayblovi qo'yilgan edi.

Birlashgan Arab Amirliklarida hibsga olingan ikki Britaniya fuqarosi BAAning yuqori martabali amaldoriga Interpolning yangi rahbari bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun tashviqot ishlarini boshlagandi.

Britaniyaliklar mazkur amaldorni ularning bu mamlakatda hibsga olinishi va qiynoqlarga solinishida shaxsan ishtirok etganlikda aybladi.

The Guardian nashrining xabar berishicha, "Men shaxsan uning buyrug'i bilan qiynoqqa solindim va haqoratlandim", deydi Ahmad. Uning aytishicha, u ko'rgan zo'ravonlik izlari hali ham o'zida saqlanib qolgan.

Al Raysi Interpolning prezidentlikka ikki nomzodidan biri edi. U uzoq vaqt BAA Ichki ishlar vazirligida bosh inspektor bo'lib ishlagan.

Ikkala Britaniya fuqarosini himoya qiluvchi Rodni Dikson: "U qamoqxonalar, jumladan, qo'riqchilar va tergovchilar kabi qiynoqlarni qo'llayotganlar ustidan nazorat roliga ega. Bularning barchasi uning nazorati ostida sodir bo'ldi. Interpol bunga ko'z yumolmaydi", — deya qiynoqlarni boshqarganlikda ayblagan al-Raysining nomzodligiga munosabat bildirdi.

Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti sifatida tanilgan Interpolning tashkiliy yo'nalishi va siyosatini belgilovchi qo'mita saylovi 23–25 noyabr kunlari Turkiyada tashkillanadigan Interpol Bosh Assambleyasi yig'ilishida bo'lib o'tdi.

Biroq, bir guruh xalqaro tanqidchilar, jumladan, ayrim evropalik qonunchilar, al-Raysining saylanishi Interpolning xolisligiga putur etkazishi va BAA adliya tizimida sodir etilgan jinoyatlar uchun xalqaro ma'qullash imkonini berishi mumkinligidan xavotirini bildirdilar.

Jamoatchilik ko'z o'ngida o'tkazilmagan saylov tizimiga qaramay, al-Raysi o'z nomzodini ommaga e'lon qilgandi. Hatto oxirgi 40 yil ichida nima qilganini tushuntirish uchun al-Raysining nomiga veb-sayt ham yaratilgan

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!