Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:26
telegram
Yaponiyada delta-shtamm o'z-o'zidan yo'qoldi, olimlar hayron...

 25 NOYABR, 16:20 19

.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiyada koronavirusga chalinish holatlari so'nggi 3 oy ichida kuniga 26 ming kishidan 45 kishigacha kamaygan.

Ushbu hodisani o'rganishga kirishgan olimlar koronavirusning delta-shtammi o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketayotganini aniqlashdi.

Biroz oldin, Yaponiyaning Niigata universiteti professori Itsuro Inoue Yaponiyada aylanib yurgan koronavirusning delta-shtammi o'zining bir genida haddan ortiq mutatsiyalar jamlashi oqibatida “o'zini o'zi to'g'rilash” xususiyatini yo'qotgan va o'z o'zidan yo'q bo'lib ketganini ma'lum qilgan edi.

Olim aytishiga qaraganda, o'zgarishlarning aksariyati virusning nsp14 nomli oqsili genining A394V bo'linmasida paydo bo'lgan. Virus o'z genidagi defektlarni tuzatishga urinish jarayonida ko'payish xususiyatini yo'qotgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!