Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:58
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Xonanda Madonna o'z jonimga qasd qilmoqchi bo'lganmi?

 13 OKTYABR, 18:40 21

.

Xonanda Madonna Jimmi Fellon shousida hayotidagi eng katta ikkita narsadan afsuslanishi haqida so'zlab berdi.

2021 yil 30 sentyabr kuni Madonna Paramount+ dan «Madam X» nomli yangi kontsert filmini qo'llab-quvvatlash uchun «Jimmi Fellonning kechki shousi»ga tashrif buyurdi. Suhbat chog'ida boshlovchi xonanda qanday qilib Showgirls filmidagi rolini rad etganini, ammo kartina klassikaga aylanganini eslab o'tdi. Madonnaning javobiga ko'ra, u to'g'ri qaror qilgan. Shunga qaramay, u hali ham nimadandir afsus qiladi. Ma'lum bo'lishicha, 1990 yillarda qo'shiqchiga Tim Bertonning «Betmanning qaytishi» filmidagi Mushuk ayol rolini taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan. Shuningdek, «Matritsa» blokbasteridagi roldan ham voz kechgan.

«Ishonasizmi? Men ‘Matritsa’dagi roldan voz kechdim! Buning uchun o'zimni o'ldirmoqchi ham bo'ldim. Bu men rozi bo'lmagan eng yaxshi filmlardan biri edi, ehtimol. Afsuski, bundan hamon afsusdaman», – deydi Madonna.

Eslatib o'tamiz, Mushuk ayol rolini Madonna rad etgach, Mishel Pfayffer ijro etgan. Film namoyishidan so'ng MTV Mishelni dunyodagi eng talabgir aktrisa deb atagan. Xonandaga taklif qilingan «Matritsa»dagi bosh qahramon ayol rolini Kerri-Enn Moss o'ynagan.

Shunga qaramay, Madonna 2021 yil 22 dekabrda premerasi bo'lib o'tadigan «Matritsa qaytmoqda» deb nomlangan jangari filmda Triniti obrazida namoyon bo'ladi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™