Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:13
telegram
Xalqaro banklar O'zbekiston energetika tizimiga $ 4,7 mlrd sarmoya kiritdi

 25 NOYABR, 16:35 12

.

Markaziy Osiyo hududida suv eneregetika tizimiga ko'p tomonli banklar investitsiyalari miqdori bo'yicha O'zbekiston birinchi o'rinda.

EOTB ma'lumotlariga ko'ra, suv-energetika tizimiga eng ko'p sarmoya kiritgan davlat bu Qozog'iston ($2,783 mlrd. yoki YaIMning 1,6%) va O'zbekiston ($1,377 mlrd yoki YaIMning 2,4%). Tojikiston SEMga $507 mln, Qirg'iziston esa – $89 mln. sarmoya kiritgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda 2025 yilga qadar umumiy quvvati 7331 MVt qo'shimcha 18ta elektr stantsiya ishga tushiriladi. Birinchi quyosh elektr stantsiyasi Navoiy viloyatida allaqachon ishga tushgan.

Kelgusi yilda hududda birinchi atom elektr stantsiyasi uchun ikki energoblok qurilishi boshlanadi. Rossiya tomonidan loyihada “Rosatom” davlat korporatsiyasi ishtirok etadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!